Qashqadaryoda sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida IIB xodimi vafot etdi
Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida IIB xodimi vafot etgan. Bu haqda Kun.uz manbasi xabar bermoqda.
Manbaning ma'lum qilishicha, joriy yil 1 oktabr kuni Qarshi tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Qarshi tumani markazi Beshkent shaharchasidagi ko‘chalardan birida Cobalt va «Jiguli» mashinalari o‘zaro to‘qnashgan. Oqibatda, 1997 yilda tug‘ilgan «Jiguli» haydovchisi, Qarshi tumani IIB HPB Tahlil va muvofiqlashtirish guruhi katta inspektori, katta leytenant Tirkashev Dilshodbek Avaz o‘g‘li og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.
Hodisa tafsilotlari haqida hali rasmiy ma'lumot berilmadi. Kun.uz manbasiga ko‘ra, Cobalt mashinasi katta tezlikda harakatlanib kelib «Jiguli» mashinasiga urilgan va hodisa joyidan ketib qolgan. Shuningdek, mazkur hodisada «Jiguli» mashinasi yo‘lovchisi ham jarohat olgani aytilmoqda.
Mavzuga oid
19:09 / 28.10.2024
“Ko‘p miqdorda jarimam bor edi” – Samarqandda pora olgan IIB xodimi qamaldi
19:05 / 14.10.2024
Sobiq IIB xodimi umrbodga hukm qilindi. U uch kishini o‘ldirgan
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024