Qaşqadaryo viloyati Ğuzor tumanida YPX avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar bermoqda.

Ma'lum qilinişiça, joriy yil 30 sentabr kuni soat 12:30larda Ğuzor tumani, Özbekiston köçasida joylaşgan savdo dökoni röparasida haydovçi, 1995 yilda tuğilgan E.D. boşqaruvidagi Damas hamda YPX xodimi Ş.Niyozov boşqaruvida bölgan Lacetti maşinasi iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Qayd etilişiça, mazkur töqnaşuv oqibatida heç kim tan jarohati olmagan. Har ikkala maşinaga zarar yetgan. Ta'kidlanişiça, hozirda hodisa yuzasidan Ğuzor tumani prokuraturasi tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.