Toşkent viloyatida mast haydovçi urib ketişi oqibatida YPX xodimi, serjant Dilmurod Örmonov vafot etdi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi boşliği matbuot kotibi - axborot xizmati rahbari Bobur Tölaganov xabar berdi.

Joriy yilning 11 sentabr kuni Toşkent viloyatida jinoyatçilikning oldini oliş yuzasidan ötkazilayotgan profilaktik tadbir davomida Piskent tumani hududida xizmat burçini bajarayotgan YPX inspektori serjant Dilmurod Örmonov, haydovçi 1992 yilda tuğilgan Ş.A. (mastlik holatida) boşqaruvidagi «Lacetti» avtomaşinasiga töxtaş işorasini bergan. 

Haydovçi esa IIO xodimining qonuniy talabiga böysunmay harakatni davom ettirgan va 1991 yilda tuğilgan, Piskent tumani IIB YHXB qidiruv va suriştiruv böyiça inspektori, serjant Dilmurod Örmonovni urib yuborib, YTH sodir etgan.

Natijada, körsatilgan tibbiy muolajaga qaramay, serjant Dilmurod Örmonov 14 sentabr kuni olgan tan jarohatlari bilan şifoxonada vafot etgan.