Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda islom san'ati durdonalari masjidlardan muzeylarga olib o‘tiladi
Misr masjidlaridagi tarixiy hamda badiiy qiymatga ega bo‘lgan noyob buyumlar mamlakat muzeylariga beriladi. Bu haqda Misrning qadimiy yodgorliklar bo‘yicha vaziri Holid al-Onaniy ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, qadimiy yodgorliklar vazirligi va vaqflar ishi bo‘yicha vazirlik (diniy mulk) “tarixiy qiymatga ega bo‘lgan buyumlarni masjidlardan mamlakat muzeylariga berish bo‘yicha kelishuv loyihasini tayyorlashmoqda”. Vazirning aniqlik kiritishicha, bu birinchi navbatda, Qohiradagi “Al-Hussayniy”, “Ar-Rifaiy” va “Al-Ahmadiy” kabi mashhur masjidlarga tegishli.
Al-Onanining ta'kidlashicha, bu boradagi barcha qarorlar yuqoridagi har ikki vazirlik tomonidan tashkil etilgan komissiya tomonidan qabul qilinadi. Bundan tashqari, u “muzeylardan joy oladigan barcha buyumlarning o‘rnini ularning aniq nusxalari egallashi” borasida ham va'da berdi. Misrlik vazirning qo‘shimcha qilishicha, bunday choralar “noyob buyumlar o‘g‘irlanishining oldini olish” maqsadida qabul qilinmoqda.
Ma'lumot uchun, o‘tgan hafta “Ar-Rifaiy” masjididagi misr qirollik oilasiga tegishli sag‘anadan oltita noyob ko‘za o‘g‘irlandi. Ular XIV asr boshida tayyorlangan bo‘lib, katta badiiy qiymatga ega bo‘lgan.
Islom san'ati sohasidagi mutaxassislarga ko‘ra, ayni damda Misrning turli masjidlarida taxminan 300 ga yaqin o‘ta noyob buyumlar mavjud.
Mavzuga oid
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
09:17 / 13.04.2026
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
15:32 / 09.04.2026