Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada O‘zbekiston ko‘magida qurilgan “Buxoro” masjidi ochildi
Turkiyaning Hatay viloyatida O‘zbekiston ishtirokida barpo etilgan yangi “Buxoro” masjidi foydalanishga topshirildi. Masjid o‘zbek xalqining qiyin davrlarda ko‘rsatgan beg‘araz yordami va birdamligi ramzi sifatida shunday nom olgan.
Foto: “Dunyo” AA
Turkiyaning Hatay viloyatida yangi masjid ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu ibodat maskani O‘zbekiston tomoni ishtirokida qurilgan bo‘lib, ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va hamjihatlikning yorqin namunasi sifatida baholanmoqda.
Ma’lum qilinishicha, masjidga “Buxoro” nomi Turkiyaning murakkab davrlarida o‘zbek xalqi tomonidan ko‘rsatilgan beg‘araz yordam va qo‘llab-quvvatlash uchun minnatdorchilik ramzi sifatida berilgan.
Yangi masjid 3200 ga yaqin xonadonni o‘z ichiga olgan yirik turar joy massivining markazida joylashgan. Ibodat maskani bir vaqtning o‘zida 500 nafargacha ibodat qiluvchini qabul qilish imkoniyatiga ega.

Bino zamonaviy arxitektura yechimlari, qulay sharoitlar va estetik dizayni bilan ajralib turadi. Masjid nafaqat diniy ehtiyojlarni qondirish, balki mahalliy aholi uchun ijtimoiy va ma’naviy markaz sifatida ham xizmat qilishi kutilmoqda.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mazkur loyiha O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda gumanitar hamkorlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.
Mavzuga oid
19:44 / 25.04.2026
AQSh–Eron urushi fonida Turkiya nega asabiylashmoqda?
18:07 / 25.04.2026
Eron urush tufayli yopilgan xalqaro aviaqatnovlarni qayta tikladi
23:00 / 24.04.2026
Turkiyada 15 yoshdan kichik bolalarga ijtimoiy tarmoqlarga kirish taqiqlandi
22:57 / 23.04.2026