«Hunarmand» uyushmasi xususiylashtirishda yordam beradi

Foto: Norma.uz
Vazirlar Mahkamasining 7.03.2018 yildagi 186-son qarori bilan ayrim qonun hujjatlariga hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlashga doir tuzatishlar kiritildi, deb yozmoqda Norma.
Eslatib o‘tamiz, Prezidentning 17.11.2017 yildagi PF–5242-son Farmoni bilan hunarmandlarga turli imtiyoz va preferensiyalar taqdim etilgan, xususan ularning davlat mulkini soddalashtirilgan tartibda xususiylashtirish chora-tadbirlari nazarda tutilgan.
Qabul qilingan hujjatda hunarmandlarning davlat obektlarini sotib olishi, shuningdek «nol» xarid qiymati bo‘yicha sotib olishining aniq tartibi belgilangan. Vazirlar Mahkamasining 6.10.2014 yildagi «Davlat mulki obektlarini xususiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida»gi 279-son qaroriga tegishli qo‘shimchalar kiritildi.
Shunday qilib, hunarmand kamida 5 yil mobaynida faqat hunarmandchilik faoliyatini amalga oshirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri oldi-sotdi shartnomasi bo‘yicha davlat ko‘chmas mulk obektini sotib olishi mumkin. Buning uchun uning buyurtmanomasi va «Hunarmand» uyushmasining iltimosnomasi zarur. Bunda obektni sotuvga qo‘yish to‘g‘risidagi e'lon OAVda berilishi mobaynida u hunarmandga sotilishi mumkin. Bir nechta hunarmandlar obektga ega bo‘lish istagini bildirgan taqdirda, bu obekt ushbu hunarmandlar ishtirokidagi ochiq savdolar orqali sotiladi.
Obektni xususiylashtirish to‘g‘risidagi ariza bo‘lmasa yoki hunarmand oldi-sotdi shartnomasini tuzishni rad etsa, ushbu obekt tanlov o‘tkazish yo‘li bilan sotiladi.
Davlat mulki obektlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali xuddi shunday tartibda «nol» xarid qiymati bo‘yicha hunarmandlarga sotiladi.
Hujjat 9.03.2018 yildan kuchga kirdi.
Tavsiya etamiz
Husanov nega o‘ynamayapti?
Sport | 10:00 / 01.05.2025
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50 / 30.04.2025
Fuqarolarga yoshga doir pensiyani tayinlash tartibi yengillashtirilyapti
O‘zbekiston | 11:37 / 30.04.2025
Toshkentda avtobuslar konditsioneri qachon yoqiladi?
O‘zbekiston | 20:40 / 29.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda "Davlat xaridlari tizimidagi imkoniyatlar va islohotlar - 2025" xalqaro forumi muvaffaqiyatli o‘tkazildi
Jamiyat | 19:00
-
Prezident Urganchda Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markazini borib ko‘rdi
O‘zbekiston | 18:42
-
Boliviyada bortida besh nafar kishi bo‘lgan samolyot g‘oyib bo‘ldi
Jahon | 18:39
-
YeI rossiyalik oligarx va kompaniyalarning muzlatilgan 3 milliard yevro mablag‘ini musodara qiladi
Jahon | 18:37
Mavzuga oid

17:21 / 30.04.2025
Toshkentning Shayxontohur tumani hokimligi binosi sotuvga qo‘yildi

20:36 / 28.04.2025
Bo‘sh turgan davlat ko‘chmas mulk obektlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

23:15 / 26.04.2025
Kamayadigan bojsiz limit, sotiladigan zavodlar va Lavrovning nolishi - hafta dayjesti

10:56 / 24.04.2025