Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hakamlik sudi sudyasiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hakamlik sudi sudyasi Andijon viloyatida istiqomat qiluvchi ikki fuqaroni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida jo‘natishni va’da qilib, ulardan 15 ming AQSh dollari talab qilgani, shuningdek, 4 100 dollarni “avans” tariqasida olgani uchun jinoiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
Foto: DXX
Ma’lum qilinishicha, sudya o‘zining go‘yoki yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali masalani hal qilib berishini aytgan. U fuqarolarni Janubiy Koreyaga mavsumiy ishchi sifatida yuborish evaziga jami 15 000 AQSh dollari talab qilgan va ishni tezroq “bitirib berish” bahonasida oldindan 4 100 AQSh dollarini olgan.
Biroq u bergan va’dasini bajara olmagan. Oldin olgan pul mablag‘ining bir qismini qaytarib berish jarayonida Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Rasmiy ma’lumotga ko‘ra, sudyaga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi (katta miqdorda firibgarlik) va 28, 211-moddasi 2-qismi “b” bandi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Unga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:09 / 31.03.2026
Andijonda qalbaki dori tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi
09:06 / 30.03.2026
Vodiyga poyezdlar qatnovi vaqtincha to‘xtadi
19:35 / 28.03.2026
Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilindi
16:36 / 21.03.2026