Özbekistonda yer islohoti - qişloqlarimizda million tadbirkor paydo bölişi mumkinmi?
|22:10 / 06.03.202077 23017 min
Qişloq xöjaligida davlat rejasidan voz keçiş - dadil qadam, ammo bu - masalaning yarmi desak, mubolağa bölmaydi. Unda qolgan yarmi nima? Yer islohoti kutilgan natija berişi uçun yana nimalar qiliş kerak? Keling, şu haqida söz yuritamiz.
Foto: KUN.UZFoto: KUN.UZ
Nihoyat, yuz berdi! Yer kurrasi quruqligining oltidan bir qismida ötkazilgan, moddiy va nomoddiy boyliklarning deyarli barçasini qamrab olgan, 100 yil davom etgan tajriba yakuniga yetib, mana endi Özbekistonda ham uning oxirgi meroslaridan biri bölmiş davlat rejasi bilan yuritiladigan qişloq xöjaligi ötmişda qolyapti — Özbekiston hukumati bozor tamoyillariga töğri kelmaydigan, ammo hanuz saqlanib kelayotgan holatga barham berişga qaror qildi. Prezidentning siyosiy irodasi aniq yangradi — biz bu eskilik sarqitidan voz keçamiz.
«Islohot — nima u?»
«Islohot» — oddiy tuşunça emas. Hamma gap uning asosiy maqsadiga, islohotçining nimani közlayotganiga boğliq. Agar islohot natijasi ölaroq közga faqat xayoliy megaindustriya manzaralari va kelajak megapolislarining şarpasi taşlanaversa, unda «mayda» narsa — Insonni nazardan qoçirib qöyiş mumkin. Aslida, özgaça kelajakni aynan inson öz qöllari bilan barpo qiladi. Agar islohotda bu hisobga olinmasa, u xayolot mahsulidan boşqa narsa emas.
Bu alfozda islohotning asosiy şarti — insonlarni katta işlarga ruhlantiriş omili bir çetda qolib ketadi.
Adolatga bölgan işonçni tiriltiriş
Agarda biz özbek qişloqlarini çaroğon va farovon maskanlarga aylantirmoqçi bölsak, unda avvalo qişloq ahlining qalbida adolatga bölgan işonçni jonlantirişimiz lozim böladi. Çunki aynan adolatga işonç — odamlarda kelajakka nisbatan umid uyğotadi, özaro işonç va bunyodkorlik, hamkorlik muhitini yuzaga keltiradi.
Tasavvur eting-a, sizga muttasil adolatsizlik qilinmoqda, bu holda qalbingizda şijoat barq uradimi? Özbek qişloği hozir aynan şunday holatda — bir paytlar uning moddiy va qaysidir jihatdan hatto ma'naviy tayançi bölmiş narsasi — yerini tortib olişgan edi.
«Sekin işga tuşuvçi mina»
Özbek qişloqlari — muhiti, tartib-negizi özgaça bölgan, şaharlardan farq qiladigan maskan. Bir neça tafsilotlar borki, ular yer islohoti amalga oşirilayotganda hisobga olinmasa, qişloqlardagi vaziyat ma'nan oğir ahvolga kelib qoladi.
Xöş, bular qanday tafsilotlar?
Yerlarimiz ommaviy mulkka aylanganiga 100 yil böldi — özbek dehqoni yer unga erkin foydalaniş uçun berilişini bir asr kutdi. Şuning uçun endigi islohotdan keyin yerlar kam sonli «tanlangan» odamlarga tegsa, şu yerda işlaşni istaydigan köpçilik yana «quruq qolsa» — adolatsizlik yuz beradi. Zero, qişloq ahli aslo öşa kam sonli kişilar — amaldagi fermerlarni yerlarning asl egasi deb qaramaydi va islohot natijasida undaylarning yuzlab gektar maydonlarning erkin foydalanuvçisiga aylanib qolişini adolatsizlik ölaroq qabul qiladi. Davlat rejasi amalda bölgan vaqtlarda ma'naviy muammo yöq edi, «fermerlar mahsulotni davlatga topşirişadi», degan tuyğu ğolib edi. Ammo davlat rejasi bekor qilingandan söng holat özgaradi — «ijtimoiy adolat qaror topmadi», degan fikr ğolib keladi.
Mavzuga oid
«Boy-kambağal»
Bizning öziga xosliklarimizdan biri — işçi öz haq-huquqlarini iş beruvçi oldida himoya qiliş uçun mutlaqo dastak va könikmaga ega emasligi. Boz ustiga, söz qişloq haqida ketayotganini, yana bizda şakllangan boylarning kambağallarga munosabatini hisobga olsak, faqat «tanlangan»larga erkin foydalaniş uçun 100 gektarlab yer berişni közda tutadigan islohot natijasida qişloqlarda oğir ma'naviy-psixologik muhit yuzaga kelişi ayon böladi.
Bir kişiga — 100 gektar yer, atrofdagi yuzlab oilalarga esa — heç nima, bu, davlat rejasi bekor bölgan holatda oilalarning «boy-kambağal»ga ajralişiga sabab böladi. Bu ayniqsa, aholisi ziçroq hamda azaldan dehqonçilik madaniyati şakllangan hududlar uçun öta sezilarlidir. Gap şundaki, bunday hududlarda köplab oilalar erkin foydalanadigan yerlari bölişini, hayotlarini yer bilan boğlaşni istaşadi. Bu jihat bilan biz köplab boşqa — xalqi yerda işlaş istagi past bölgan mamlakatlardan farqlanamiz.
Xullas, qişloq ahlining aksari qöqqisdan salkam yer egasiga aylanib qoladigan, yerni özlaridan köra yaxşi tuşunmaydigan ba'zi hamqişloqlarining «batrak»lariga aylanişni istaşmaydi.
«Hayotiy haqiqat»
Yana bir hayotiy haqiqat şuki, hozirgi fermerlar qişloq ahlining hurmatiga ega emas. Nega? Çunki köp yillab davom etgan ma'nan oğir vaziyatni (xususan, rahbarlardan sökiş eşitişni) hamma ham kötarolmadi — özini hurmat qilganlarning aksari fermerlikni topşirdi. Qolganlar esa — yoki axloqsizliklarni «kötargan»lar yoki hokim bilan «yaxşi munosabat»da bölganlar. «Yaxşi munosabat» esa korrupsion yöllar bilan şakllanar edi. Işlar asosan şu körinişda edi va bularning barçasi xalqning köz öngida röy berib keldi.
«Nima qiliş kerak?»
Qişloqlarda, ayniqsa aholisi ziç bölgan hududlarda, köplab oilalar, aytaylik, 3–5 gektar atrofidagi yerni erkin istifoda etiş huquqini olişlari uçun imkon yaratiş kerak. Bu huquqni oliş tanlov şaklida yuz beradimi yoxud auksion şaklida — nima bölganda ham öşa yerlarga yaqin aholida ustuvorlik huquqi mavjud bölişi kerak.
«Tortib oliş va bölib berişmi?»
Ha, amaldagi fermerlar bilan tuzilgan şartnomalar kuçda va bu şartnomalarni hurmat qiliş kerakdek.
Ammo:
a) aksar holatda bu fermerlarning özlari boşqa fermerlarning yerlarini olib qöyilişi natijasida yerga ega bölganlar (ya'ni şartnomalarning buzilişi natijasida);
b) fermerlarning özlari ham vaziyat adolatsizlik ekanini biladilar;
v) şu tobda masalani huquqiy doirada hal qiliş mumkin, zero, şartnomalarda fermer paxta va buğdoy uçun ajratilgan yerlardan erkin foydalaniş huquqiga ega emasligi yozilgan, ya'ni, mohiyatan olganda, yer uniki emas.
Demak, modomiki hukumat davlat rejasini bekor qilayotgan ekan, avval tuzilgan şartnomalarni qayta körib çiqiş va pirovard natijada köplab kiçik yer xöjaliklarini yuzaga keltiriş mumkin. Bunda amaldagi fermerlarga yerlarining bir qismini (deylik, 30 foizini) erkin foydalaniş uçun (nima ekişni bu yoğiga özlari hal qilişadi) qoldiriş mumkin.
Bu imkoniyatdan hozir foydalaniş kerak, keyin qiyin böladi.
Buning asosiy foydasi nimada?
Avvalo, bu adolatdan böladi! «Adolat» sözi iqtisodiy luğatlarga kiritilmagan, ammo biz qişloqlarimizda ma'nan soğlom muhitni yaratişni istasak, bu juda muhim. Busiz rivojlaniş mumkin emas.
Imkon qadar köproq odamlar yerlarda «ega» maqomida işlaşi kerak — «işçi» maqomida emas. Zero, millatga imkon qadar köproq egalar sinfi kerak, yollanma işçilar sinfi emas. Boylarga ta'zim qiladigan va bolalarini şu yösinda tarbiyalaydigan sinf emas, balki tik va mağrur turadigan ongli tadbirkorlar sinfi kerak. Bizda hozir bu imkoniyat bor.
Özbekiston şaroitida kiçik xöjaliklarning afzalliklari
Mamlakatning aholisi ziç bölgan hududlarida kiçik yer maydonlarini istifoda etuvçi tadbirkorlar sinfini yuzaga keltiriş qişloqlarda yaşovçi minglab, özlarida tadbirkorlik iste'dodini olib yurgan, ammo röyobga çiqarolmagan yoşlarning iste'dodlarini yuzaga çiqariş imkonini beradi.
Biz iste'dodlari yuzaga çiqmagan xalqlar içida yuqori örinlarda bölsak, ne ajab... Iste'dodlar röyobga çiqmagan, çunki tadbirkorlik qiliş uçun vositalar qöllarga berilmagan. Yer esa hozirgi davrda şunçaki, ta'bir joiz bölsa, kartoşka yetiştiradigan maydon emas, balki turli biznes-ğoyalarni röyobga çiqariş uçun omildir.
Inson iqtidorini yuzaga çiqariş
Inson iqtidori röyobga çiqişi uçun şaroit yaratiş — har jihatdan ahamiyatliroq, olijanobroq va mahsuldorroq iş. Bu, masalan, yerlarni mukammal istifoda etiş masalasidan-da muhimroq. Mayli, yer istifodasi avvalida mukammaldan pastroq bölsin ham, maydonlarni parçalaş bilan boğliq muşkulotlarni yengiş, kiçik yer xöjaliklari uçun maslahat markazlari yaratiş bilan boğliq xarajatlar qiliş lozim bölsin ham, ammo odamlarni ijtimoiy-iqtisodiy faollikka jalb etiş natijasida mamlakat kelajagi mustahkam poydevorga ega böladi.
Millatning asosiy zaxirasi — tabiiy boyliklar emas, balki iste'dodli, ongli, tadbirkor insonlar. Bunday insonlar har qanday xalqda bor, bizning xalq esa — istisno emas. Şu tobda biz töğri rejalaştirilgan yer islohoti vositasida xalq içida mudrab yotgan minglab iste'dodlarning röyobga çiqişi uçun omil yaratmasak — tarixiy xato böladi. Zero, bunda biz qişloqlarimizda örta sinfni yuzaga keltirişni boşlaş örniga, ularni ma'nan oğir muhitga, ijtimoiy taranglik öçoğiga aylantirgan bölamiz.
Koronavirus va yer islohoti
Koronavirus va Özbekistonning yer islohoti örtasida aloqa bormi? Topsa bölar ekan.
Hozirgi dunyo — katta tezlikda özgarib borayotgan dunyo. Gap şundaki, davr çaqiriqlariga nafaqat javob beriş, balki ularni biroz bölsa-da başorat qiliş muşkul bölmoqda. Biz tom ma'noda ertaga dunyo qay köriniş olişini bilmaymiz — na iqtisodiy, na ijtimoiy, na industrial, na siyosiy jihatdan. Muhim geografik nuqtada, katta siyosiy manfaatlar kesişuvi nuqtasida joylaşganimiz bois, ertaga hozirgidan köra jiddiyroq masalalarni hal qilişimizga töğri kelişi mumkin emas, deb aytib ham bölmaydi...
100 yil avval xalqimiz duçor bölgan holatga yana bir bor tuşmasligimiz uçun, zudlik bilan yangi avlodni — ongli, yaqin kelajakda davr çaqiriqlariga dadil javob bera oladigan bir avlodni yuzaga keltirişga kirişişimiz kerak.
Ongli avlod esa yuqori ehtimol ila ongli, serğayrat, tadbirkor ota-onalardan iborat oilalarda yetişib çiqadi. Va aksinça — zamonaviy dunyoning tamoyillari va mexanizmlarini tuşunişga qodir bölgan avlod qora işçilar — «batrak»lar oilasida vujudga kelişi — amri mahol.
«Oyoqqa turmoq uçun»
Biz — hozirgi avlod buyuk bölolmasak-da, haqiqiy, yaxşi ma'noda kuraşçi millat yuzaga kelişi uçun şaroit yaratişga qodirmiz.
Yer islohotiga ikki xil nazar taşlaş mumkin. Qanday nazar taşlaşimiz esa nimani ustuvor deb bilişimiz yoxud... stereotiplarimizga boğliq: yoki biz yuqori texnologik agrar xöjaliklari haqidagi jurnallarda çop qilinadigan çiroyli suratlarni islohot maqsadi qilib olamiz, yo özimizdagi şaroitga nazar solamiz va hozirda özga iqtisodiyotlarga arzon işçi kuçi sifatida xizmat qilayotgan yoşlarga asosiy nazarni qaratamiz.
Davr çaqiriqlariga javob berişga faqatgina huşyor, dunyoda bölayotgan işlarni kuzatib, voqelik «tomirini uşlab turadigan» avlod qodir. Bunday avlodni esa «ijtimoiy issiqxona»da yaşaydigan, maoş, iş soati va «payok» bilan ta'minlangan kişilardan iborat jamiyat emas, balki ijtimoiy va iqtisodiy xatarlarlarni öz egniga oladigan, şu bois öz şaxsi va dunyoqaraşini doimiy sayqallab turadigan kişilardan iborat faol jamiyat qodir.
«Köçada qolgan» genofond
Keyin. Qişloqlarimizda hozirda bir neça million rasman töliq, amalda esa töliqsiz oilalar bor. Otalar çet elda — işda, Vatanda esa — otasizlik. Millionlab onalar farzandlarini özlari yolğiz tarbiyalaşyapti. Ota tarbiyasi nima ekanini bilmaydigan, «tarbiyaçi»si köça bölgan bir avlod yetişib kelyapti. Va bu harbiy holatda emas — tinçlik davrida...
Millionlab otalar «qora işçi», «gastarbayter» maqomini kötarib yurişibdi. Bu degani özini qora işçi bolasi deb biladigan, ruhi siniq millionlab bolalar ösib kelyapti, deganidir.
Bundan taşqari, mazkur yoşlar millat genofondining, ya'ni hali tuğilmagan millatning ota-onalaridir. Ba'zi tadqiqotlarga qaraganda, ota-onaning ruhiy holati yangi avlodga tuğilişidan ança avval ta'sir etar ekan. Ya'ni yoşlarni — kelajak avlod ota-onasini ruhiy tuşkunlik holatida qoldiriş bu — keyingi avlodni oğir psixoemotsional komplekslarga mubtalo qiliş bölar ekan.
Töğri amalga oşirilgan yer islohoti bu holatni tuzatiş uçun imkoniyatdir. Bu uçun esa e'tibor markazida INSON turişi kerak.
«Kambağallik bilan kuraşiş»
Kambağallik muammosini hal qiliş uçun avvalo «kambağallik bilan kuraşiş» atamasidan voz keçiş kerak. Nega? Çunki bu bilan biz insonlarga nisbatan munosabatimizni özgartiramiz: «mana bular kambağal, ularni iş joyi va boşqa narsalar bilan ta'minlaşimiz kerak», degan tuşunçadan nari bölamiz. Çunki bunday munosabatda insonlarga nisbatan hurmatsizlik yaşiringan. Bundan mutlaqo voz keçiş kerak.
«Ta'minlaş» emas, balki imkoniyatlarga, tadbirkor böliş uçun kerak bölgan vositalarga yöl oçiş kerak. Va, albatta, odamlarimiz köp narsaga qodir ekaniga işoniş kerak. Çunki, bunday işonç bölmasa, keçirasiz-u, «yordam beriş» asnosida xalaqit qilişdan özimizni tiya olmaymiz...
Keyin, «kambağallik bilan kuraşiş» tuşunçasi kambağallik sabablarini tahlil qilişdan bizni tösib turadi (göyo bu illat öz-özidan mavjud bölgan narsadek) kambağallik sabablarini tahlil qilmasdan «yeçim»larga ötib ketişga olib boradi. Bu atamaning örniga «kambağallik sabablarini bartaraf etiş» atamasini kiritişni taklif etaman. Şunda biz kambağallik sabablarini örganişga majbur bölamiz. Va şunda yer islohoti qay köriniş olişini tuşunib yetamiz...
Individual yondaşuv
Aholisi ziç bölmagan hududlarda katta agrar xöjaliklar yuzaga kelişi uçun şaroit yaratişga heç qanday tösiq yöq. Zero, bunday hududlarda vaziyat boşqaça. Bunday hududlarda yerlarni bemalol yirik agroholdinglar jamlanmasiga aylantiriş mumkin. Bunday hududlar Özbekistonda köp.
Suv muammosi
Yer haqida söz ketganda albatta suv haqida gapiriladi. Açinarlisi şuki, bizning holat tilga olinganda «suvga talaşiş» iborasi köp işlatiladi. Bir paytlar aynan şu tuşunça — «odamlarga yer berilsa suvga talaşib ketişadi», tuşunçasi ğolib kelib, yerlarni qişloq ahliga erkin istifoda uçun berişdan çetlanilgandek göyo.
Biroq bu qançalik mantiqqa töğri keldi? Şu hadikni deb mamlakat qişloq xöjaligini sobiq tuzumdan qolgan tizimga tobe qilib, qişloq hududlaridagi millionlab odamlarni mehnat migratsiyasiga, tubsiz muammolar girdobiga mubtalo qiliş töğrimidi?
Aslida suv muammosi yeçimi ham maqolamiz doirasida mulohaza qilinayotgan yeçimda — yerning har bir qariçini qadrlaydigan erkin tadbirkor-dehqonlar sinfini yuzaga keltirişda. Aynan şunday — tadbirkor dehqon yerni ham, suvni ham e'zoz etadi. Aynan şu toifa moddiy manfaati yölida suğorişning tejamkor tizimlarini yölga qöyişga urinadi, tejamkor tizim yer sifatini oşirişini anglaydi, yer unga faqat bugun emas — ertaga ham kerak bölişini biladi. Zero, yerni öz taqdiri bilan boğlaydi.
Maydonlarni parçalaş
Katta yer maydonlarini kiçik maydonlarga bölişning salbiy taraflari bor, ammo bu ham fojia emas. Zero, kiçik yer maydonlarini istifoda etiş huquqiga ega bölgan tadbirkor dehqonlar tez orada özaro hamkorlik qiliş ularning özlariga foyda ekanini taşunib yetişadi va bu — tabiiy jarayon. Özaro qöşni dehqonlar nima ekişni birgalikda hal qilişlari, manfaat nuqtayi nazaridan kuçlarni birlaştirişlari yuz beradi. Birgalikda xaridorlar bilan şartnomalar tuzişadi.
Xalqimizni hamkorlikda işlaş könikmasidan judo qilişgandi. Endi buni töğrilaş kerak. Bu qiyin, ammo busiz rivojlaniş bölmaydi.
Medvedev va Berluskoni muloqoti
Bir paytlar Dmitriy Medvedev, Rossiya prezidenti bölgan çoğida, Italiya boş vaziri Silvio Berluskonining oldida Rossiya qazilma zaxiralariga boy davlat ekani bilan maqtanadi. Şunda Berluskoni «Italiya qazilma boyliklariga boy emas, ammo 5 million iste'dodli tadbirkorga ega», deb javob berdi...
Biz ham, bor imkoniyatni işga solib, tadbirkorlar sinfini yuzaga keltirişimiz kerak. Jumladan, yer islohoti vositasida.