Fevral oyi oxiridan boşlab avval poytaxtda, keyin butun Özbekiston böylab göşt narxining oşişi yuz berdi. Milliy statistika qömitasiga köra, birgina mart oyida qöy göşti 9,1 foizga, mol göşti 8,8 foizga qimmatlagan. Xöş, bunga nima sabab bölmoqda?

Dunyo böylab 1 kg mol göştining örtaça narxi 6 dollarni taşkil etadi. Ayni paytda Özbekistondagi örtaça narxlar esa 8-11 dollar atrofida. Kun.uz muxbiri suhbatlaşgan mahalliy qassoblarning sözlariga köra, yaqin kunlarda narxlar yana oşişi mumkin.

Oxirgi yillarda göşt narxining qimmatlaşişiga bir neçta omillar majmuasi ta’sir qilayotgan bölişi mumkin.

Birinçidan, çorva mollarini oziqlantiriş uçun ajratilgan yer maydonlari qoramollar soniga mutanosib emas. Oldin mavjud bölgan yaylovlarning örni ekinzorga aylanişi bilan nomutanosiblik kengayib boryapti. Ya’ni fermer çorvaçilikni kengaytirişni istasa ham, buning uçun unda yetarli yer maydoni mavjud emas.

Yaylov çorvaçiligida göşt mahsulotlarini işlab çiqarişga qilinadigan xarajatlar qoramolçilikdagiga nisbatan ança kam bölib, mahsulot işlab çiqariş tannarxning pastligi tufayli göşt narxini muvozanatlovçi asosiy omil hisoblanadi. Iqlim özgarişi va suv tanqisligi sababli yaylovlarning qisqarişi tabiiy ravişda kuçayib boryapti. Şuningdek, buta va yarim buta ösimliklarini ötin va boşqa xöjalik ehtiyojlari uçun çopib oliş ham yaylovlar inqirozi va çöllaniş jarayonini tezlaştirgan.

Öz navbatida, yaylovlarning qisqarişi mavjud zaxiralardan köproq foydalanişni taqozo etadi. Buning oqibatida ösimliklarning normal ösib rivojlanişi va uruğ hosil qilişi, tuproqqa uruğlarning tökilişi kabi muhim tabiiy jarayonlar sekinlaşadi.

Ya’ni hozirgi narxlar oşişini barqarorlaştiriş, bozordagi taklifni oşiriş uçun birinçi navbatda mazkur köp yillik tizimli muammoni hal qiliş kerak böladi. Çöl yaylovlarining hajmi va hosildorligini oşirmay turib, ularda boqilayotgan çorva hayvonlari boş sonini köpaytirişning iloji yöq. Masalan, ayrim mamlakatlarda yaylovlar holatini yaxşilaş uçun har yili bir yillik ösimlik uruğlarini sepiş yölga qöyilgan.

Ikkinçidan, göştning katta qismi odamlar tomonidan xonadonlarda yetiştiriladi. Bunda qöşimça daromad oliş maqsadida yoş qoramol çorvadordan sotib olinadi va semirtirib sotiladi. Şrot va kunjara kabi mahsulotlar narxining tez özgaruvçanligi, yem-xaşak uçun yer maydonlarining yetarli emasligi, makkajöxori kabi ekinlarni ekişga qöyilgan norasmiy çeklovlar çorva uçun oziq-ovqat narxlarini qimmatlaştiryapti.