Saida Mirziyoyeva: Og‘ir ahvolda qolganlarga dalda bo‘layotgan hamma-hammadan behad minnatdormiz
Milliy mass-mediani qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva koronavirus pandemiyasi sharoitida fond tomonidan amalga oshirilayotgan saxovat tadbirlari to‘g‘risida ma'lumot berdi.
“Bugungi tahlikali kunlarda o‘n minglab odam bir-biriga yordam qo‘lini cho‘zmoqda, qalbining bir parchasini berib, bir-birini qo‘llab-quvvatlamoqda. Og‘ir ahvolda qolganlarga dalda bo‘layotgan hamma-hammadan behad minnatdormiz. Fondimiz ham bu ishlarda faol ishtirok etmoqda.
Ammo pandemiya muhtoj insonlarga ko‘mak berish masalasiga boshqacha ko‘z bilan qarashga bizni majbur qildi. Yordam berish jarayonida salbiy oqibatlar keltirib chiqarmaslik, ya'ni imkon qadar “bevosita muloqot qilmaslik” qoidasiga rioya qilish zarur edi. Shu tariqa “Xavfsiz Yordam” loyihasi paydo bo‘ldi.
Biz karantin tufayli moddiy ahvoli og‘irlashgan ayollar uchun mingta Uzsard kartasini tayyorlatdik va Jamoat fondi hisobidan bir milliard so‘m o‘tkazdik. Butun respublika bo‘ylab ijtimoiy himoyaga muhtoj, farzandlarini yolg‘iz tarbiya qilayotgan, ishsiz qolgan ming nafar ayol tanlab olindi. Ularning ro‘yxatini tuzishda bir qator tashkilot va ko‘ngillilar jamoalari, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta'minlash masalalari bo‘yicha komissiyasi, Toshkent shahar IIBB Huquqbuzarlik va profilaktika bo‘limi, Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi Homiylik xayriyalarini muvofiqlashtirish markazi yaqindan yordam berdi. Zero, kim birinchi navbatda ko‘makka muhtoj ekanligi aynan ularga ma'lum.
Mingta karta degani – dengizdan tomchi xolos, ammo biz ushbu tashabbus boshqalarga ham ibrat bo‘ladi, degan umiddamiz. Kartadagi million so‘m ma'lum muddat ro‘zg‘or tebratishga imkon beradi.
Mazkur loyihaga hissasi qo‘shilgan, bizga yordam bergan barchaga minnatdorchilik bildiramiz. O‘n kun davomida mingta kartaning har bittasi o‘z sohibasiga yetkaziladi.
Bugun butun dunyoda bo‘lgani kabi bizda ham iqtisodiy inqiroz yuz bermoqda. Ammo aynan shunday sinovli kunlarda xalqimizni jipslashtiradigan eng ajoyib takliflar va eng zo‘r g‘oyalar tug‘ilishiga mening ishonchim komil”, deb yozadi Saida Mirziyoyeva.
Tavsiya etamiz
Orol dengizining qurigan tubi yildan yilga ko‘tarilib borayotgani aniqlandi
O‘zbekiston | 19:14 / 18.04.2025
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
«Sababi korrupsiya bilan bog‘liq» - sog‘liqni saqlash vaziri yaroqlilik muddati juda qisqa dori-darmonlar sotib olinayotgani haqida
O‘zbekiston | 02:22
-
AQShda bir oy ichida minglab talabalarning vizalari bekor qilindi
Jahon | 23:47 / 18.04.2025
-
Toshkent viloyatidagi ba’zi yo‘llarda ruxsat etilgan tezlik 80 km/soatgacha cheklandi
O‘zbekiston | 23:28 / 18.04.2025
-
Toshkent va Moskva migrantlarni tanlab olish jarayonini O‘zbekistonga ko‘chirish ustida ishlamoqda
O‘zbekiston | 23:11 / 18.04.2025
Mavzuga oid

21:48 / 15.04.2025
«Kurash hech qachon tugamaydi». Saida Mirziyoyeva oiladagi zo‘ravonlikka qarshi qonunga kiritilgan o‘zgartirishni olqishladi

16:21 / 12.04.2025
Saida Mirziyoyeva bolalar uchun kontent yaratishni yangi bosqichga olib chiqish zarurligini ta’kidladi

11:11 / 11.04.2025
Saida Mirziyoyeva «Donocha» kabi loyihalarni qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qildi

18:50 / 07.04.2025