Light | 10:50 / 08.12.2017
22906
4 daqiqa o‘qiladi

Foto: Fransiyaning 9 ming kishi egalik qiladigan hashamatli qasri

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

La Mothe-Chandeniers ajoyib va romantik uslubda barpo qilingan fransuz qasri bo‘lib, go‘yoki ertaklar olamidagi binolari takrorlaydi. 13-asrda qurilgan tarixiy obida bugungi kunda tashlandiq holga kelib qolgani sababli uning minoralari va binolari vayron bo‘la boshladi.

Ammo yaqinda dunyo bo‘ylab 9 mingdan ortiq kishi qasrni saqlab qolish va unga yangi hayot baxsh etish istagini bildirib, bu ishda hissa qo‘shishga qaror qildi. Hozirda bu loyihani qo‘llab-quvvatlovchilar soni ortib bormoqda. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Har kuni kamida bir kishi qasrni asrab qolish jamg‘armasiga hech bo‘lmaganda 50 yevro pul o‘tkazadi. Bunga javoban u donor sifatida qasr egaligini qo‘lga kiritadi. Albatta, ularning barchasi u yerda istiqomat qila olmaydi, biroq tarixiy obidaning yangi hayoti boshlanganida uning eshiklaridan birinchi bo‘lib kiruvchilardan biri bo‘ladi.

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

La Mothe-Chandeniers qasri 1930 yili alanga domida qolgan jiddiy zararlangan.

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Hashamatli bir necha asrlarni ko‘rgan bino G‘arbiy Fransiyaning Les Trois-Moutiers shahrida joylashgan. Suv havzasi bilan o‘rab olingan inshoot o‘tloq manzarada ajoyib ko‘rinadi.

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Baucay oilasi tomonidan qurilgan obida 2 marta Angliya armiyasi hujumiga dosh bergan. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

1800 yillar boshida parijlik badavlat tadbirkor Francois Hennecart obidani qayta tiklamoqchi bo‘lgan. 19 asr oxirlarida uning egaligini Baron Lejeune Edgar egallagan. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Ammo 1932 yilgi yong‘indan so‘ng, bino butunlay yaroqsiz bo‘lib qolgan. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

1981 yili o‘qituvchi Marc Deyemer vayron bo‘layozgan obidani qayta tiklash ilinjida sotib olgan, ammo mablag‘ masalasi tufayli o‘ylaganlarini amalga oshira olmagan. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Lekin shu bilan barchasi tugadi, deyish noto‘g‘ri bo‘ladi. 2017 yil oktabrida boshlangan kraudfanding tashviqoti natijasida tarixiy obidani saqlash qolish imkoniyati paydo bo‘lmoqda. Dartagnans.fr sayti va Adopte un château uyushmasi loyihaga bosh qo‘shdi. Mahalliy Sauvons le château de la Mothe-Chandeniers guruhi ham o‘z yordamini ayamasligini bildirdi. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Kraudfanding vositasida 9 mingdan ortiq inson qatnashgan va 750 ming yevro (880 000 dollar) to‘plangan. 

Foto: GUILLAUME SOUVANT/AFP/Getty Images

Shunday qilib, hozirgi hisob-kitoblarga ko‘ra, 2018-2019 yillarda yangilangan eski qasr o‘z eshiklarini ochishi mumkin. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid