Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Fransiya bilan qo‘shma agrar tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqchi
O‘zbekiston elchisi Nodir G‘aniyev Fransiya poytaxtida Agronomik tadqiqotlar va taraqqiyot xalqaro markazi (CIRAD) bosh direktori Elizabet Klaveri de Sen-Marten bilan uchrashdi.
“Dunyo” AA xabar berishicha, muzokaralar chog‘ida qishloq xo‘jaligini innovatsion va barqaror rivojlantirish, yerlar unumdorligini oshirish hamda suv resurslarini samarali boshqarish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.
Tomonlar barqaror paxtachilik, chorvachilikni rivojlantirish, sho‘rlangan yerlarni tiklash va agroekologik tashabbuslarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratdi.
Uchrashuvda amaliy hamkorlik masalalariga urg‘u berilib, O‘zbekistonlik mutaxassislarning Monpeledagi CIRAD ilmiy bazasiga tashrifini tashkil etish, shuningdek, xalqaro moliya institutlari ishtirokidagi qo‘shma tadqiqot loyihalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Ma’lumot uchun, CIRAD Fransiyaning qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat tizimlarini barqaror rivojlantirishga ixtisoslashgan davlat ilmiy-tadqiqot tashkiloti bo‘lib, uning asosiy ilmiy markazi Monpele shahrida joylashgan.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026