2020–2025 yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi tasdiqlandi - Hukumat qarori
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida» hukumat qarori qabul qilindi.
Qaror bilan 2020–2025 yillarda ijod maktablari faoliyatini takomillashtirish konsepsiyasi, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi Nizom, 2020–2022 yillarda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni zamonaviy uskunalar, anjomlar, inventar va boshqa vositalar bilan jihozlash dasturi, agentlik huzuridagi vasiylik kengashi tarkibi tasdiqlangan.
Tasdiqlangan konsepsiyaga ko‘ra, ijod maktablari o‘quvchilarining asosiy ko‘rsatkichlari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
- O‘zbek va dunyo adabiyotining eng sara 50 ta asarlarini o‘qishi;
- Bir yilda kamida 50 ta she'r yod olishi;
- O‘zbek va dunyo kinematografiyasining 100 ta eng yaxshi namunasini tomosha qilishi;
- O‘zbek va dunyo tasviriy san'atining 100 ta eng yetuk asari bilan tanishishi;
- O‘zbek va dunyo mumtoz musiqasining 100 ta eng mukammal asarini tinglashi zarur.
Tavsiya etamiz
Coca-Cola tarkibida xlorat ko‘p bo‘lgani uchun Yevropadagi mahsulotlarini qaytarib oldi
Jahon | 17:25 / 28.01.2025
AQShda yuk tashish inqirozi tugadimi?
Jahon | 16:03 / 28.01.2025
Kolumbiya prezidenti muhojirlarni quvayotgan AQShga: «Ularga jinoyatchidek muomala qilmang»
Jahon | 23:24 / 27.01.2025
Sun’iy intellekt yetakchilari – Davosda. Ular nimalar deyishdi?
Fan-texnika | 19:09 / 27.01.2025
So‘nggi yangiliklar
-
2024 yilda aholidan 12 mlrd so‘mlik “yashil” energiya sotib olindi
O‘zbekiston | 09:11
-
Ukrainaning Slovakiyadagi elchisiga norozilik notasi topshirildi
Jahon | 09:05
-
American University of Technology AQShda o‘qish imkoniyati ko‘zda tutilgan magistratura dasturini yo‘lga qo‘yadi
O‘zbekiston | 09:00
-
Vashingtonda samolyot vertolyot bilan to‘qnashib ketganidan so‘ng daryoga quladi
Jahon | 08:41
Mavzuga oid
11:16 / 26.01.2025
Toshkentda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchilarga chora ko‘rildi
12:29 / 25.01.2025
Milliy gvardiyaga o‘quvchilar bilan bog‘liq huquqbuzarlik uchun ma’muriy jazo qo‘llash vakolati berilmoqda
12:22 / 24.01.2025
Toshkentdagi maktab o‘quvchilarining 2 nafarida sil aniqlandi
10:36 / 24.01.2025