O‘zbekiston | 11:56 / 25.04.2026
4467
2 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva: “Haqqoniy holatni hisobotlarda emas, o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun tez-tez kelib turaman”

Administratsiya rahbari Samarqanddagi ijtimoiy obektlar bilan tanishdi, jumladan, ta’mirga muhtoj musiqa maktabi va bolalar bog‘chasini ko‘zdan kechirdi. Geologlar mahallasidagi bu bog‘cha qayta qurilganidan keyin Samarqanddagi eng katta bog‘cha bo‘ladi – u yerda 600 nafargacha bola ta’lim oladi.

Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 24 aprel kuni Samarqanddagi bir qator infratuzilma loyihalari bilan tanishdi, "Yangi O‘zbekiston" massivi qurilishini ko‘zdan kechirdi.

“Musiqa maktabi kabi yangilanish va ta’mirga muhtoj obektlarni ham, Geologlar mahallasidagi bolalar bog‘chasi singari kapital ta’mirlanibgina qolmay, balki tubdan qayta qurilishi zarur bo‘lgan joylarni ham ko‘rdik.

Rekonstruksiyadan keyin bu bog‘cha Samarqanddagi eng katta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘ladi, 600 nafargacha bolani qabul qiladi”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Tashrif yakunida Samarqand viloyati va tumanlari rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazildi.

“Biz guvohi bo‘lgan va navbatini kutayotgan barcha o‘zgarishlar – hududlarni rivojlantirish bo‘yicha prezidentimiz olib borayotgan yirik tizimli faoliyatning bir qismidir.

Rahbarimiz topshiriqlarining joylardagi ijrosini ta’minlashga jamoam bilan birga ko‘maklashish, haqqoniy holatni qog‘ozlardagi hisobotlarda emas, balki o‘z ko‘zim bilan ko‘rish uchun ham bu yerga tez-tez kelib turaman”, – dedi Administratsiya rahbari.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid