Uçraşuv davomida Özbekiston va Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti örtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirişning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xususan, mamlakat soğliqni saqlaş tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar, raqamli tibbiyot samaradorligini oşiriş, farmatsevtika bozorini tartibga solişni takomillaştiriş hamda mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, muloqotda giyohvandlikka çalingan şaxslarni davolaş va reabilitatsiya qiliş sohasida JSST bilan hamkorlikni mustahkamlaş muhim yönaliş sifatida qayd etildi.


Xalqaro forum doirasida Saida Mirziyoyeva BMTning Narkotiklar va jinoyatçilik böyiça boşqarmasi ijroçi direktori örinbosari Bo Matiasen bilan ham uçraşdi.
Muloqot çoğida narkotahdidlar, uyuşgan jinoyatçilik, kiberjinoyatçilik hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş yönalişlarida hamkorlikni kengaytiriş istiqbollari körib çiqildi. Şuningdek, Samarqand forumni doimiy faoliyat yurituvçi xalqaro muloqot maydoniga aylantiriş masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar Özbekistonning BMT Jinoyatçilikning oldini oliş va jinoiy odil sudlov komissiyasiga saylanişi amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar oçişini ta’kidladi.













