Sport | 02:15 / 09.05.2017
6241
2 daqiqa o‘qiladi

«Chelsi» chempionlik sari yana bir qadam tashladi. «Midlsbro» APL bilan xayrlashdi

Angliya premer-ligasining 36-turidan o‘rin olgan so‘nggi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda «Chelsi» Midlsbro«ni qabul qildi.

Uchrashuvning 23-daqiqasida Diyego Kosta hisobni ochgan bo‘lsa, Markos Alonso 34-daqiqada farqni ikkitaga oshirdi. Ikkinchi bo‘limda Nemanya Matich hisobni yirik ko‘rinishga olib keldi.

Ushbu g‘alabadan keyin «Chelsi» hisobidagi ochkolar soni 85taga yetdi va yana uchta uchrashuv qolganida «Tottenhem»ni 7 ochkoga ortda qoldirmoqda. «Midlsbro» esa (28 ochko) rasman Angliya premer-ligasini tark etadigan bo‘ldi. Endilikda jamoa hech qanaqasiga 18-o‘rindan yuqoriga ko‘tarila olmaydi.

Angliya premer-ligasi, 36-tur

Chelsi – Midlsbro 3:0 (2:0)
Gollar:
Diyego Kosta (23), Alonso (34), Matich (65).
Chelsi: Kurtua, David Luiz (Terri, 84), Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich, Mozes, Pedro (Chaloba, 81), Fabregas, Azar (Villian, 72), Diyego Kosta.
Midlsbro: Gyuzan, Chembers, Frend, Fabio, Gibson, Forshou (Lidbitter, 56), Kleyton, Traore (Bemford, 57), de Roon, Dauning, Negredo (Jyested, 83).
Ogohlantirishlar: Fabio (60), Bemford (89).

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid