O‘zbekiston | 14:18 / 23.09.2021
17005
1 daqiqa o‘qiladi

«Olmazor» - «Sergeli» metro yo‘nalishida qatnov ma'lum muddatga vaqtincha to‘xtatiladi

«Olmazor» - «Sergeli» metro yo‘nalishida poyezdlar qatnovi 25 sentabr soat 21:00 dan 26 sentabr soat 07:00 gacha vaqtincha to‘xtatiladi.

«Toshkent metropoliteni» UK xabariga ko‘ra, bu profilaktik ishlar olib borilishi munosabati bilan yuz beradi.

Ushbu yo‘nalish bo‘yicha avtobuslar harakati yo‘lga qo‘yiladi. Metropoliten yo‘lovchilari ushbu yo‘nalishdagi avtobuslardan yo‘lkira haqqisiz foydalanishi mumkinligi aytilgan.

«Toshkent metropoliteni» UK ma'muriyati keltirilgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan.

Mavzuga oid