Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliq solish maqsadida tovar va xizmatlarning bozor narxini aniqlash tartibi e’lon qilindi
Foto: Kun.uz
Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’yektlari uchun teng raqobat muhitini yaratish va insofli soliq to‘lovchilar huquqlarini himoya qilishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Soliq kodeksiga asosan transfert narxni belgilashda soliq nazorati joriy etilgan, soliq organlari tomonidan ayrim soliq turlari bo‘yicha bitim narxi tovarlarning bozor narxidan past yoki yuqori bo‘lsa soliq bazasiga tuzatish kiritish huquqiga ega.
Soliq solish maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlanadi.
Belgilanishicha, qaror talablari:
2022 yil 1 iyuldan boshlab, ko‘chmas mulk obektlariga, birjada va (yoki) davlat xaridlari uchun elektron platformalarda sotiladigan tovarlarga;
2022 yil 1 oktyabrdan boshlab, raqamli identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovka qilinishi lozim bo‘lgan tovarlarga;
2023 yil 1 fevraldan boshlab, qurilish materiallariga hamda maishiy texnikalarga;
2023 yil 1 iyuldan boshlab, barcha tovar(xizmat)larga qo‘llaniladi.
Soliq solish maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, hujjat qo‘shilgan qiymat solig‘i, foyda solig‘i va aylanmadan olinadigan soliq bazasini aniqlash maqsadida tovar (xizmat)larning bozor narxini aniqlash tartibini belgilaydi.
Nizom talablari, soliq to‘lovchilar tomonidan aynan o‘xshash yoki bir turdagi tovar (xizmatlar)larni hisob hujjatlarida aks ettirilgan (bitim, elektron hisobvaraq-faktura, onlayn chek va boshqa hisob-hujjatlari) realizatsiya qilish narxi shunday tovar (xizmatlar)lar bo‘yicha aniqlangan bozor narxidan 20 foizdan past yoki yuqori bo‘lsa, ushbu tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Tovar (xizmatlar)larning bozor narxi: soliq organlari axborot tizimlari ma’lumotlaridan; sotuvchilar narxnomalari (preyskurant)dagi ma’lumotlaridan; birjalar va xorijiy birjalar narxlari va kotirovkalari to‘g‘risida ma’lumotlaridan; elektron platformalar kotirovkalari haqidagi ma’lumotlaridan (auksionlar va davlat xaridlari platformalar); tashqi savdo rasmiy statistikasi ma’lumotlaridan; axborot va narxlash agentliklari ma’lumotlaridan; notarial idoralar ma’lumotlaridan; OAVdan olingan ma’lumotlardan; qonunda nazarda tutilgan hollarda narxlarni belgilovchi vakolatli organlar ma’lumotlaridan foydalangan holda aniqlanishi mumkin.
Tovar (xizmatlar)larning bozor narxini aniqlashda quyidagi usullaridan foydalanish mumkin: taqqoslash (qiyoslash) usuli; keyingi realizatsiya qilish narxi usuli; xarajatlar usuli.
Agar to‘g‘ridan to‘g‘ri tuzilgan shartnomalar bo‘yicha sotilgan tovarlar narxi, sotish sanasidagi birja savdolarida aynan o‘xshash yoki bir turdagi sotilgan tovarlar narxidan farq qilsa, birja savdosida sotilgan tovar narxi (kotirovka) bozor narxi deb hisoblanadi.
Mavzuga oid
15:36 / 11.12.2025
Avtomobil yuvish xizmatlari narxi bir yilda qariyb 10 foizga o‘sdi
15:05 / 19.10.2025
Go‘sht - o‘zbekning hayot tarzini belgilaydigan mahsulot
15:03 / 15.10.2025
Go‘sht narxi rekord darajada oshdi. Sabab nima?
19:10 / 12.09.2025