Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eko-stiker bo‘yicha jarimalar qo‘llash 2 yildan so‘ng boshlanadi
2026 yil 1 yanvardan O‘zbekistonda eko-stiker, ya’ni “Ekologik transport” tizimi kuchga kiradi. Tizimga oid qoidalar buzilganda jarimalar qo‘llash esa 2 yildan so‘ng boshlanadi.
Foto: O‘zA
2026 yil 1 yanvardan “Ekologik transport” tizimi kuchga kirmoqda. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX matbuot kotibi Zoyir Yo‘ldoshev ma’lumot berdi. Mutaxassis jarimalar miqdori va ularning qo‘llanishi tartibiga aniqlik kiritmadi.
—Eko-stikerlar uch xil — yashil, sariq va qizil rangda bo‘ladi, — dedi Zoyir Yo‘ldoshev. — Dastlab mashinasi sariq yoki qizil stiker olgan haydovchi stikerlar rangini o‘zgartirish huquqiga ega. Mamlakatimizdagi barcha hududlarda diagnostik markazlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Sariq yoki qizil stiker olgan fuqarolar transport vositalarini shu diagnostik ko‘rikdan o‘tkazib, stikerlari rangini o‘zgartirishi mumkin. Masalan, qizil stikerli avtomashinalar toza hududga kirmoqchi bo‘lganida bevosita xabari berib boriladi. Chunki transport vositalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va hisobotlar Yo‘l harakati xavfsizligi tizimida elektron tarzda yuritib boriladi. Bu borada yagona elektron tizim mavjud. Bugungi kunda markaziy shaharlarning aksariyat qismida dasturlashtirilgan kameralar va kuzatish imkonini beruvchi boshqa vositalar mavjud.
Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, jarima qo‘llash tizimi 2026 yil 1 yanvardan boshlanmaydi. Eko-stiker rangi mos kelmaydigan hududga kirilganda haydovchilarga tegishli tartibda jarimalar qo‘llash 2 yildan so‘ng boshlanadi.
Mavzuga oid
16:24 / 20.12.2025
O‘zbekistonda avtotransport vositalari uchun ekostikerlar joriy etila boshlandi
11:08 / 19.12.2025
O‘zbekistonda eko-stikerlar: kimlarga shart emas va qanday olinadi?
09:09 / 17.12.2025
Respublika bo‘ylab “Dolzarb 20 kunlik” tozalik tadbirlari e’lon qilindi
19:29 / 16.12.2025