O‘zbekiston | 17:35 / 04.04.2024
24315
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi

2 apreldan aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15 foizga ko‘tarilgan.

Toshkent shahrida issiqlik ta’minoti va issiq suv bo‘yicha yangi tariflar tasdiqlandi. Bu haqda Veolia Energy Tashkent kompaniyasi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024 yil 2 aprelda Toshkent shahar hokimining Veolia Energy Tashkent MChJ XK tomonidan ko‘rsatiladigan issiqlik ta’minoti xizmatlari uchun tartibga solinadigan yangi narxlarni tasdiqlash to‘g‘risida“gi qaroriga asosan 2024 yil 2 apreldan aholiga issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun tariflar 15 foizga ko‘tarilgan.

Ma’lumot uchun, issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun yangi tariflar isitish mavsumi tugagan kundan bir kun o‘tib, ya’ni 27 martdan emas, balki Toshkent shahar xokimining tegishli qaroriga asosan 2024 yil 2 apreldan kuchga kirdi.

«Agar siz 27 martdan 2 aprelgacha issiqlik ta’minoti va issiq suv xizmatlari uchun oshirilgan stavkalarda to‘lovlarni amalga oshirgan bo‘lsangiz, to‘langan oshiqcha summa avans sifatida hisobga olinishini ma’lum qilamiz», deyiladi xabarda.

Mavzuga oid