Özbekistonda markazlaşgan issiqlik tizimiga ulangan köp qavatli uylarda isitiş davri taşqi haroratning örtaça sutkalik harorati 5 kunlik davr mobaynida 8 darajadan past bölgan kundan keyingi kundan boşlanişi, 8 darajadan yuqori bölganda esa tamomlanişi belgilangan.
Xonadonlarni isitiş ehtiyojlariga asosan issiqlik energiyasini berişda isitiş davri hokimliklar tomonidan belgilangan muddatlarda boşlanadi va tamomlanadi.
Norma aniq bölsa-da, har yili bir xil savol takrorlanadi: uylarga qaçon issiqlik beriladi? Çunki sutkalik 8 darajaga yetib bormasdan köp qavatli uylar sovib qoladi.
Iqlimşunos Erkin Abdulahatovning Kun.uz'ga aytişiça, bu qoida heç qaçon işlamagan va uni özgartiriş kerak.
“Isitiş davri boşlanişi uçun örtaça sutkalik harorat 8 darajani taşkil qilişi kerak. Bu – harorat kunduzi 15–16 daraja, keçqurun esa 0–2 darajaga pasayişi kerak degani. Lekin biz heç qaçon bu normadan kelib çiqib issiqlikni tarmoqqa ulamaganmiz. Şu sababli bu özgartirilişi kerak bölgan standart. Sutkalik harorat 10 darajaga tuşişi bilan aholi dod deb yuboradi, çunki bino va inşootlarimiz sovet davridan qolgan, yangi qurilganlarining izolyatsiya tizimi taşqari sovuq bölsa, içki tomonni isitib beradigan qurilmalar bilan ta’minlanmagan. Bu qoida şu paytgaça işlamagan, işlamaydi ham”, – deydi mutaxassis.
Uning qöşimça qilişiça, kelayotgan 7–8 kunlikda harorat keçqurunlari nol darajagaça tuşib ketişi kutilmoqda. Bu taxminan 7 noyabrlarga töğri keladi.
Özgidromet matbuot kotibi Nigora Toşxöjayevaning Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, 30 oktyabrdan tungi harorat +8 — +10 darajagaça pasayişi va bu holat davom etişi kutilmoqda. Biroq kunduzgi harorat +18 — +22 darajada saqlanib turadi. U “bu harorat isitiş mavsumini boşlaşga asos böladimi?” degan savolga quyidagiça javob berdi:
“Biz tegişli taşkilotlarga har kuni ma’lumot kiritib boramiz. Faktik holat tasdiqlansa, albatta, bu asos böladi. Lekin örtaça sutkalik harorat 8 darajadan oşiqroq bölib turibdi”, – deydi u.
Eslatib ötamiz, Toşkentda isitiş mavsumi 2024 yilda 7 noyabrdan, 2023 yilda 6 noyabrdan, 2022 yilda 22 oktyabrdan, 2021 yilda 12 oktyabrdan, 2020 yilda esa 15 oktyabrdan boşlangan.












