Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda oqqon va saratonga chalingan bolalar uchun xonadon reabilitatsiya markazi ochildi
Toshkent shahri Olmazor tumanida oqqon va saratonga chalingan bolalar uchun xonadon ko‘rinishidagi ilk markaz ochildi. “Bu yerda shifoxonada davolangan bolalar bepul qayta reabilitatsiya qilinadi. Bolalar psixologiyasi bilan ishlanadi”, – deydi loyiha rahbarlaridan biri Marjona Nurmuhammedova.
18 mart kuni Toshkent shahrida oqqon va onkologik kasallikka chalingan bolalar uchun reabilitatsiya markazi ochilishi bo‘lib o‘tdi. Markaz “Sen kuchlisan” NNT tashabbusi bilan ochilib, kasalxonada davolangan bolalar va ularning ota-onalari uchun mo‘ljallangan. Bu haqda “Sen kuchlisan” nodavlat notijorat tashkiloti rahbarlaridan biri Marjona Nurmuhammedova gapirib berdi.
“Bugun “Sen kuchlisan” loyihasi jiddiy qadam tashladi. Oqqon va saratonga chalingan bolalar uchun reablitatsiya markazini tashkil etdik. Markaz uchun xonadon tanlaganimiz sababi ona va bola o‘zini o‘z xonadonidagidek his qilishini xohladik. Asosiy vazifasi kimyoterapiyadan keyin bolalar ruhiyatiga yordam berish, ularni yana ham kuchli qilish. Bu O‘zbekistonda ilk terapiya bo‘lgani uchun ko‘pchilikka notanish, biz bolalarni davolamaymiz, balki ruhiyati bilan ishlaymiz”, – dedi u.
Shuningdek, markazda onalarning to‘qish, tikish kabi hunarlarni o‘rganishi uchun sharoitlar yo‘lga qo‘yilgan. “Onalar bu yerdan nafaqat bolasi bilan dam oladi, balki hunar o‘rganib, o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yishlari ham mumkin”, – dedi tashkilotchi.
Tashkilotchilardan biri Muazzam Ibrohimovaning aytishicha, markaz homiylar yordami bilan tashkil qilingan va 24/7 tizimida ishlaydi.
“Markazni eng jasur bolajonlarni qo‘llab-quvvatlash uchun ochdik. Eng matonatli onalarni qo‘llab-quvvatlash uchun ochdik. Biz ularga yelkadosh bo‘lib, onkotirranchani yengishni o‘rgatamiz”, – deydi u.
Markaz manzili Olmazor tumanidagi Robot mahallasi 76A xonadoni. Kasalxonadan charchagan ona va bolalar xonadonga borishlari va xizmatlardan bepul foydalanishlari mumkin.
Mavzuga oid
20:01 / 30.03.2026
Bolalar kontent qurboniga aylanyaptimi? Psixologlar ijtimoiy tarmoqlardagi xavflardan ogohlantirmoqda
21:36 / 26.03.2026
«Kontent emas, dizayn aybdor» - AQShda bolalarning ijtimoiy tarmoqlarga qaramligi bo‘yicha tarixiy sud yakunlandi
23:20 / 18.03.2026
Dunyo bo‘ylab bolalar semirishi epidemiyasi kuzatilmoqda
21:30 / 18.03.2026