Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘ylab bolalar semirishi epidemiyasi kuzatilmoqda
Ma’lumot berilishicha, O‘zbekistonda 5-19 yoshlilar orasida ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar soni 2 mln nafardan ortiq bo‘lib, 2033 yilga borib bu ko‘rsatkich 3 mln nafarga yetishi taxmin qilinmoqda. Mutaxassislar sifatsiz ovqatlanish, shakarni ko‘p iste’mol qilish, jismoniy faollikning kamligi va ultra qayta ishlangan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish bolalarning semirib ketishiga sabab bo‘layotganini aytishmoqda.
Foto: Getty images
Jahon semirishga qarshi kurashish federatsiyasi (WOF) hisobotida ma’lum qilishicha, bugungi kunda dunyo bo‘yicha 180 million nafarga yaqin bola semirishdan aziyat chekmoqda. Taxminlarga ko‘ra, 2040 yilga borib bu raqam 227 millionga yetadi.
Hisobot har yili 4 martda nishonlanadigan Butunjahon semirishga qarshi kurashish kuni munosabati bilan e’lon qilindi.
Bolalarda ortiqcha semirish nafaqat turmush darajasi yuqori va o‘rta (Avstraliya, Gretsiya, Argentina), balki past mamlakatlarda ham (Papua—Yangi Gvineya, Albaniya, Aljir) kuzatilmoqda.
Hisobotga ko‘ra, O‘zbekistonda 5-19 yoshlilar orasida ortiqcha vaznga ega bo‘lganlar soni 2 mln nafardan ortiq bo‘lib, 2033 yilga borib bu ko‘rsatkich 3 mln nafarga yetishi taxmin qilinmoqda.

Mutaxassislar bolalar semirishining asosiy sabablarini ham sanab o‘tishdi. Ular orasida — tug‘ish yoshidagi ayollar orasida semirish va diabet, homilador ayollar orasida chekish, chaqaloqlarni yetarlicha emizmaslik, bog‘cha va maktablarda sifatsiz ovqatlanish, shakar va shakar o‘rnini bosuvchilarni ko‘p iste’mol qilish, jismoniy faollikning kamligi hamda ultra qayta ishlangan mahsulotlarni ko‘p iste’mol qilish kabilar bor.
Federatsiya ekspertlari hukumatlarni bolalar semirishining asosiy sabablarini bartaraf etishga chaqirdi. Ularning ta’kidlashicha, samarali diagnostika va davolashni yo‘lga qo‘yish, ayollar va bolalarning sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash, chekish va alkogolizmga qarshi profilaktikani kuchaytirish zarur.
Shuningdek, maktab va bog‘chalardagi menyularni sog‘lom ovqatlanish me’yorlariga moslashtirish, bolalar va o‘smirlar orasida faol hayot tarzini va jismoniy mashqlarni targ‘ib qilish tavsiya etilmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 18.03.2026
“Jazoni og‘irlashtirishga ehtiyoj va talabni sezdik” – administratsiya rahbari o‘rinbosari
12:41 / 16.03.2026
O‘zbekistonda 12 mingdan ortiq ayol 40 yoshdan keyin ona bo‘lgan
13:16 / 11.03.2026
BMTda Ukrainadan Rossiyaga bolalarni deportatsiya qilish jinoyat deb ataldi
12:16 / 07.03.2026