Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mark Karni Kanadaning yangi bosh vaziri bo‘ladi
Karni ovoz berish yakunlariga ko‘ra 86 foiz ovoz oldi. Kanadaning Liberal partiyasi yangi rahbari AQSh bilan savdo urushi sharoitida Yevropa va Osiyo bilan yaqin hamkorlikka intilmoqda.

Foto: Amber Bracken / Reuters
Angliya bankining sobiq rahbari Mark Karni Kanadaning hukmron Liberal partiyasi yangi rahbari etib saylandi. U 9 mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan ovoz berishda sobiq moliya vaziri Xristya Friland, jamoatlar palatasida hukumat yetakchisi Karina Guld va tadbirkor Frenk Beylisni ortda qoldirib, 86 foiz ovoz oldi. Karni yanvar oyida iste’foga chiqishini e’lon qilgan bosh vazir Jastin Tryudo o‘rnini egallaydi.
Mark Karni qo‘shni davlat prezidenti Donald Tramp tomonidan importga 25 foizlik bojlar joriy etilishi va Amerika yetakchisining Kanada suverenitetiga da’volari fonida AQSh bilan savdoga bog‘liqlikni kamaytirish uchun Yevropa va Osiyo bilan yaqin hamkorlikni qo‘llab-quvvatlamoqda. Bundan tashqari, liberallarning yangi yetakchisi o‘rta sinf uchun soliqlarni pasaytirish, byurokratiyani qisqartirish, innovatsiyalar va investitsiyalarni faol rag‘batlantirishni o‘z ichiga olgan fundamental iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishga va’da bermoqda, deya aniqlik kiritadi dpa agentligi.
Tryudo AQSh tomonidan bosim fonida iste’foga chiqdi
Kanadaning amaldagi bosh vaziri Jastin Tryudo Liberal partiyaga xayrlashuv murojaatida uning mamlakati endi Qo‘shma Shtatlar tomonidan «ekzistensial chaqiriqqa» duch kelayotganini aytdi.
Tryudo 6 yanvar kuni Kanada bosh vaziri va hukmron Liberal partiya rahbari lavozimidan iste’foga chiqishini e’lon qildi. «Bu mamlakat keyingi saylovlarda haqiqiy tanlovga loyiqdir va agar men ichkarida kurashishim kerak bo‘lsa, eng yaxshi variant bo‘lmasligim ayon bo‘ldi», — dedi u o‘z parlamenti faoliyati 24 martgacha to‘xtatib turilishini e’lon qilarkan.
Jastin Tryudo Liberal partiyani qariyb 12 yil boshqargan va 2015 yilning noyabridan beri Kanada bosh vaziri lavozimida ishlab kelgan. So‘nggi yillarda siyosatchining reytingi qator islohotlar, shuningdek, narxlarning oshishi, uy-joy inqirozi va migratsiya muammolari tufayli sezilarli darajada pasayib ketdi.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yannik Sinner Alkarasni mag‘lub etdi va birinchi marta Uimbldon g‘olibiga aylandi
Sport | 00:44
-
Fransiyada mahbus sumka ichiga yashirinib, qamoqxonadan qochib ketdi
Jahon | 23:47 / 13.07.2025
-
Nigeriya sobiq prezidenti Muhammad Buxoriy vafot etdi
Jahon | 23:01 / 13.07.2025
-
Britaniyada samolyot havoga ko‘tarilish vaqtida halokatga uchradi
Jahon | 22:37 / 13.07.2025
Mavzuga oid

19:46 / 07.07.2025
O‘zbekiston fuqarolari uchun Kanada, Argentina va Avstraliya vizasini olish osonlashishi mumkin

09:41 / 30.06.2025
Kanadada Yerdagi eng qadimiy toshlar topildi

14:52 / 28.06.2025
Raqamli xizmatlar solig‘i – AQSh va Kanada o‘rtasida yangi savdo urushi xavfi yuzaga keldi

11:35 / 28.06.2025