Italiyalik tennisçi, dunyoning birinçi raketkasi Yannik Sinner Uimbldon ğolibiga aylandi. Finalda 23 yoşli sinner dunyoning ikkinçi raqamli raketkasi Karlos Alkarasni 4:6, 6:4, 6:4, 6:4 hisobida mağlub etdi.

Sinner Australian Open’da ikki marotaba (2024, 2025) va bir marotaba US Open’da (2024) ğalaba qozongan. Joriy mavsumda italiyalik klostebol steroidi sabab uç oy diskvalifikatsiyada böldi.

Alkaras ketma-ket uçinçi yil Uimbldon finalida iştirok etdi, ispaniyalik oldingi ikki turnida ham Jokoviç ustidan ğalaba qozongan edi.

Turnirning umumiy mukofot jamğarmasi 53,5 million funt sterlingni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, yanvar oyida italiyalik Yannik Sinner Melburnda bölib ötgan «Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi Australian Open 2025 turnirida ğolib çiqqandi. Şu tariqa, 23 yoşli italiyalik Avstraliyadagi turnirda ketma-ket ikkinçi marta ğalaba qozongan. Bundan taşqari, 2024 yilda u yana bir «Katta dubulğa» musobaqasi – AQŞda bölib ötgan US Open turniri ğolibi bölgan.

«Katta dubulğa» turkumiga kiruvçi turnirlar turkumi tennisdagi eng nufuzli hisoblanadi va törtta musobaqani birlaştiradi: Australian Open, France Open (Roland Garros) va US Open, şuningdek Buyuk Britaniyadagi Wimbledon turniri.