AQŞ prezidenti Donald Tramp Truth Social ijtimoiy tarmoğiga «Kanada bilan barça savdo muhokamlarini» töxtatişini va uşbu qaror zudlik bilan kuçga kirişini ma’lum qildi.
«Biz keyingi yetti kun içida Kanadani Amerika Qöşma Ştatlari bilan biznes olib boriş uçun tölaşlari kerak bölgan bojdan xabardor qilamiz», — deb yozadi AQŞ prezidenti.
Trampning bayonotidan ayon bölişiça, uning qarori Kanada hukumati tomonidan Amerika kompaniyalarining raqamli xizmatlariga nisbatan joriy etilgan «qöpol soliğiga» javoban qabul qilingan.
«Kanada — savdo olib boriş juda qiyin bölgan mamlakat, xususan, ular yillar davomida fermerlarimizda sut mahsulotlari uçun 400 foizgaça boj undirgan — endi Amerika texnologik kompaniyalari uçun raqamli soliq joriy etmoqda. Bu bizning mamlakatimizga töğridan töğri va surbetlarça hujum», — deb yozadi u.
19 iyun kuni Kanada moliya vaziri Fransua-Filipp Şampan AQŞ kompaniyalarining raqamli xizmatlarini soliqqa tortiş keçiktirilmasligi va 30 iyunda kuçga kirişini ma’lum qilgan edi. Soliq Kanada foydalanuvçilari uçun taqdim etilgan raqamli xizmatdan tuşadigan yillik daromadning 3 foizini taşkil etadi.
Savdo bojlari Amerika iqtisodiyotiga 50-60 milliard dollar daromad olib kelgan. 28 may kuni AQŞ xalqaro savdo böyiça federal sudi prezident Trampning Xitoy, Kanada va Meksikaga nisbatan joriy etgan bojlarini noqonuniy deb topgandi. Keyinroq AQŞ Apellyatsiya sudi uşbu qarorni rad etdi.












