Turizm qo‘mitasi raisi Tashkent City bog‘iga kirish pulli bo‘lganiga munosabat bildirdi
«Chet elga borishga imkoniyati bo‘lmagan viloyatlardagi aholi Toshkentga kelib, shunday ko‘ngilochar joylarda dam olishardi», – dedi bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov.
Bosh vazir o‘rinbosari, Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov «Toshkent City» bog‘iga kirish pulli bo‘lishi ichki turizmga qanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligiga munosabat bildirdi.
«Chindan ham avvaliga bu bog‘ning bepul bo‘lishi haqida e'lonlar bo‘lgan edi. Lekin bu – direksiyaning qarori. Bog‘ni kundalik saqlash xarajati, uning hozirgi chiroyli holatini ushlab turish uchun xarajatlar bo‘lishi mumkin.
Toshkent shahridagi boshqa ba'zi ochiq parklar, xususiy parklar ham pulli qilib qo‘yilgan. Qayerga borsangiz ham, turizm xarajat talab qiladi. Tarixiy joy, ziyoratgohlarga borish, suvenirlar sotib olishning hammasi xarajat. Bexarajat turizmning o‘zi yo‘q. O‘zi, pulini sarflamoqchi bo‘lgan odam sayohat qiladi. Bu butun dunyoda mavjud vaziyat. Disneylendga kirmoqchi bo‘lganlar ham pul to‘lab kiradi.
Lekin hozirgi kunda «Toshkent City» hududi aholini o‘ziga juda jalb qilayotgan edi. Chet elga borishga imkoniyati bo‘lmagan viloyatlardagi aholi Toshkentga kelib, shunday ko‘ngilochar joylarda dam olishardi», – dedi Abduhakimov 18 dekabr kuni yoshlar forumi doirasida Kun.uz'ga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Tashkent City Park'ka kirish 17 dekabrdan boshlab pulli deb belgilangan.
Markaz direksiyasi rahbari Bahrom Rizayevning so‘zlariga ko‘ra, pulli kirish tartibi hozircha bir oyga mo‘ljallangan. «Keyinchalik natijasiga qarab, yana ko‘ramiz», dedi Rizayev.
Tavsiya etamiz
Tramp 2.0 o‘zgargan Yaqin Sharqqa nimalar va’da qilmoqda?
Jahon | 21:45 / 20.01.2025
3 ga 90. Isroil va Hamas o‘rtasidagi sulh qanday kechmoqda?
Jahon | 20:11 / 20.01.2025
Xalqaro tanlovda g‘olib bo‘lgan prezident maktabi o‘quvchilariga BYD sovg‘a qilindi
O‘zbekiston | 19:59 / 20.01.2025
“Eng xavfsiz parvoz tanlanadi” - Uzbekistan Airways osmondagi favqulodda holatlarga tayyormi?
O‘zbekiston | 17:03 / 20.01.2025
So‘nggi yangiliklar
Mavzuga oid
18:15 / 17.01.2025
Turkiyada soxta oltinning yangi turi tarqaldi
11:58 / 15.01.2025
Turistik klaster maqomini olish tartibi tasdiqlandi
10:55 / 10.01.2025
Tog‘li hududlarda turizm majmualarini tashkil etishga 500 mln dollar investitsiya jalb qilinadi
16:46 / 07.01.2025