2019 yil sentyabrda Toşkent şahar hokimi Tashkent city qurilişini xalqimizning katta yutuği sifatida baholagan edi. Minbarda şahar hokimi boğni tomoşa qiliş tekin ekanligini ham aytib ötgan edi.
Tashkent city xalqaro işbilarmonlik markazi direksiyasi rahbari Bahrom Rizayevning aytişiça, boğdagi xarajatlarni qoplaşga katta mablağ ketadi. Şuningdek, boğga kirişdan tuşgan pulga kelgan mehmonlar uçun turli bayram arafasida turli köngiloçar tomoşalar taşkil qilinişi rejalaştirilgan.
— Tashkent city boğiga kiriş nega pulli böldi?
— Boğimiz işga tuşganiga bir yil böldi. Bir yil davomida kiruvçilardan heç qanday tölov olinmagan. Lekin biz ham bir taşkilotmiz. Biz budjetdan pul olmaymiz. Özimizning xarajatlarimizni özimiz qoplaşimiz kerak. Bugungi kunda oyiga örtaça 900 mln sömlik xarajatlarimiz bor. Boğ hududidagi tadbirkorlar bizga ijara puli tölaşadi. Lekin bu xarajatlarimizning 30 foizini qoplaydi. Qolgan 70 foizi hozirçaga qoplanmay qolgan.
Xarajatlarimizni qoplaş, boğimizni rivojlantiriş uçun bizga mablağ kerak. Bayram arafasida xalqimizga çiroyli tomoşalar ötkazişimiz kerak. Bunga esa katta mablağ kerak böladi. Şu sababli bayram kunlarida boğga kirişni pulli qildik.

— Direksiya şu vaqtgaça qaysi mablağ hisobiga ta'minlab kelingan?
— Investorlar tölagan mablağlar evaziga park taşkil etilgan. Şu pullar hisobidan direksiya öz xarajatlarini qoplab kelgan.
— Uşbu qaror Toşkent şahar hokimligi bilan kelişilganmi?
— Bu bizning içki masalamiz. Budjetdan pul olsak, xalqimizga oğirligimiz tuşadi. Şuning uçun kim kelib dam oladigan bölsa pul tölaşadi. Boşqa fuqarolarimiz bizning harakatlarimizdan salbiy ta'sir olmaydi.
— Bu qaror diskriminatsiya bölib qolmaydimi?
— Bu yerda heç qanday diskriminatsiya yöq. Toşkentda mavjud köplab boğlar ham pulli qilingan. Pulli bölmagani ham bayram arafasi pulli bölgan. Biz özimizning faoliyatimizdan kelib çiqqan holda parkni uşlab turiş, uni rivojlantiriş uçun boğni pulli qildik.
















