Joriy yil 17 dekabrdan boşlab Tashkent City Park hududiga kiriş pulli etib belgilandi. Poytaxtdagi eng muhtaşam boğ, deya ta'riflanayotgan hududni tomoşa qiliş uçun belgilangan bu me'yorlar ijtimoiy tarmoqlarda keskin norozilik uyğotdi. Rost24 naşrida Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning uşbu holat böyiça bildirgan munosabati e'lon qilindi.

– Tashkent Sity’ga kirişni pulli qilişga hokim sifatida qanday qaraysiz?

– Parklarni saqlab turişning boşqaça çorasi yöq. Misol uçun, şunça daraxtlar ekilgan, şunça energiya ketadi, boşqaçasiga bilmayman, qanday böladi.

– Tashkent Sity’ning qurilişiga xarajat ham köp ketganmi?

– Ança xarajat ketgan. Buni saqlab turişning özi qiyin masala.

– Bularni saqlab turiş uçun bir oyda qança xarajat ketadi?

– 900 million söm ketadi. Bir kunda har bitta fontanning otilişiga 1 million söm ketadi.

– Buning uçun budjetdan pul ajratilmaydimi?

– Budjetdan pul ajratilmaydi. Çunki soliq tölovçilar kirsa-kirmasa pul tölamaydi-ku, töğrimi? Kirgani tölasa, şunda adolatli bölsa kerak. Ya'ni, budjet soliq tölovçilarning hisobiga şakllanadi. Odamlarda haqli ravişda savol tuğiladi: “Umuman Tashkent City’ga kirmasam, nima uçun men tölayotgan soliqdan pul tölayapsizlar?”, deyişi mumkin. Şuning uçun özini boqqani aktual masala, menimça.