Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1 yanvardan boshlab markazlashgan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun to‘lovlar tizimi o‘zgaradi
Foto: Vyatka-grad.ru
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida prezidentning «Issiqlik ta'minoti tizimini takomillashtirish va issiqlik ta'minoti korxonalarini moliyaviy sog‘lomlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Hujjatga ko‘ra, 2020 yil 1 yanvardan boshlab markazlashgan issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun iste'molchilar bilan hisob-kitoblar isitish davrining har bir kuni uchun isitilayotgan 1 kvadrat metr hisobidan kelib chiqib to‘lash tizimiga o‘tkaziladi.
Bundan tashqari, iste'molchilarga issiqlik ta'minoti xizmatlari uchun tariflarni shakllantirish va belgilashda issiqlik ta'minoti korxonalarini rivojlantirish va modernizatsiya qilish xarajatlari, shuningdek, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish va issiqlik energiyasi tannarxini pasaytirish hisobiga ular tomonidan ko‘rsatadigan xizmatlar tannarxini qoplash mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish hisobga olinadi.
Qaror loyihasida ta'kidlanishicha, aholi uchun issiqlik energiyasi va issiq suv uchun pasaytirilgan tariflarni qo‘llash natijasida kelib chiqadigan zararlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlari hisobidan qoplanadi.
Eslatib o‘tamiz, hujjat loyihasi o‘zgartirilishi, to‘ldirilishi yoki rad etilishi mumkin.
Mavzuga oid
09:35 / 01.04.2026
Mobil tariflarga yangi talablar joriy etilishi mumkin
08:11 / 18.03.2026
Bitiruvchilar uchun 3 yil ishlab berish talabi bekor qilinishi mumkin
19:12 / 16.01.2026
Kiyevda yuzlab ko‘p qavatli uylar issiqlik va svetsiz qoldi (fotolar)
11:59 / 17.12.2025