Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ikki tomonlama diplom berish dasturi. 350 nafardan ortiq oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlanmoqda
O‘zbekistonda oliy ta'lim tizimiga respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim bo‘g‘ini sifatida e'tibor qaratilib, sohada jamiyat taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga mos ravishda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Birgina 2018/2019 o‘quv yilida oliy ta'lim muassasalarida zamonaviy yo‘nalishlarda malakali kadrlar tayyorlash hajmi va sifatini oshirish bo‘yicha keng ko‘lamdagi tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, 13 ta yangi oliy ta'lim muassasasi tashkil etildi, ularning uchtasi nufuzli xorijiy oliy ta'lim muassasalarining filiallaridir.
Iqtisodiyotning real sektorlarida mavjud ehtiyojdan kelib chiqqan holda joriy o‘quv yilidan boshlab 66 ta zamonaviy ta'lim yo‘nalishlari va
48 ta magistratura mutaxassisliklarida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Jamiyatda oliy ta'lim olishga bo‘lgan talabdan kelib chiqqan holda ta'lim shakllari va qabul kvotalari muntazam oshirilmoqda. Bugungi kunda fuqarolar kunduzgi, kechki, sirtqi, maxsus sirtqi, ikkinchi va undan keyingi oliy ta'lim kabi ta'lim shakllarida oliy ta'lim olish imkoniyatiga egalar. Qabul kvotalari jamiyatdagi mavjud ehtiyoj va rivojlanish sur'atiga qarab oshirib borilmoqda, joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan 30%ga oshgan bo‘lsa, so‘ngi besh yillikda esa bu ko‘rsatkich ikki barobar ko‘payadi.
Yangi o‘quv yilidan 15 ta oliy ta'lim muassasasida yetakchi xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma diplom dasturi asosida kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilib, ularda faoliyat ko‘rsatadigan 462 nafar professor-o‘qituvchilar xorijiy ta'lim markazlarida stajirovka o‘tab kelishdi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 8 ta filial, 22 ta qo‘shma fakultet, 46 ta ikki tomonlama qo‘shma dasturlarni joriy qilish bo‘yicha muzokaralar olib borildi. 950 nafar xorijiy mutaxassisni respublika oliy ta'lim muassasalarida pedagogik va ilmiy faoliyatga jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
O‘zbekiston malakali kadrlar tayyorlash, ilmiy tadqiqot faoliyati bilan shug‘ullanish hamda o‘zaro tajriba almashish borasida, ayniqsa, Rossiya Federatsiyasi bilan strategik ahamiyatga ega hamkorlik aloqalarini olib bormoqda.
Bugungi kunda O‘zbekistonda Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, I.M.Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universiteti, G.V.Plexanov nomli Rossiya iqtisodiyot universiteti kabi dunyo miqyosidagi nufuzli oliy ta'lim muassasalarining Toshkent shahridagi hamda Rossiya “Milliy texnologik tadqiqotlar universiteti “MISiS”ning Olmaliq shahridagi filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda. Ularda 2140 nafar malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
Birgina joriy o‘quv yilidan boshlab respublikamizdagi to‘rtta oliy ta'lim muassasasida Rossiyaning nufuzli oliy o‘quv yurtlari bilan hamkorlikda ikki tomonlama diplom berish «Double degree» bo‘yicha qo‘shma dasturlar asosida jami 350 nafardan ortiq oliy ma'lumotli kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2018 yil 20 iyuldagi qarori bilan Toshkent shahrida “Moskva muhandislik-fizika instituti” milliy tadqiqot yadro universiteti” federal davlat avtonom oliy ta'lim muassasasining filiali tashkil etildi va keyingi o‘quv yilidan filialda o‘quv jarayonlari boshlanadi.
2018 yil 1 avgustda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi Moskva shahridagi Milliy yadro tadqiqotlar universitetining Moskva muhandislik-fizika instituti bilan magistratura bo‘yicha hamkorlik qilish yuzasidan shartnoma imzoladi. Shartnomaga ko‘ra mazkur oliy ta'lim muassasasida o‘zbekistonlik talabalar uchun 2018/2019 o‘quv yilida “Yadroviy energetika va issiqlik fizikasi” hamda “Yadro fizikasi va texnologiyalari” mutaxassisliklari bo‘yicha grant asosida o‘qish uchun 30 ta o‘rin ajratdi.
Shu yilning oktabr oyida Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi S.Gerasimov nomidagi Butunrossiya Davlat kinematografiya instituti bilan institutning Toshkent shahrida filialini ochish va kino sohasida yetuk mutaxassislarni tayyorlash, malaka oshirish va tajriba almashish borasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Mavzuga oid
22:43 / 08.01.2026
Iroq «Lukoyl»ning eng yirik xorijiy aktivini milliylashtiradi
14:59 / 08.01.2026
Dniproda Rossiya dronlari hujumida yetti kishi jabrlandi
08:47 / 08.01.2026
Grem: Tramp Rossiya bo‘yicha sanksiyalar to‘g‘risidagi qonun loyihasiga “yashil chiroq” yoqdi
08:37 / 08.01.2026