Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Aviation Academy uchuvchilar tayyorlash markazi ochiladi
Xalqaro havo transporti orqali yuk tashishlarni tashkil etish, logistika havo habini yaratish, xalqaro standartlariga muvofiq uchuvchilarni tayyorlash mo‘ljallanmoqda.
Joriy yilning 8 sentabr kuni O‘zbekiston bosh vaziri o‘rinbosari Sardor Umurzoqovning Malayziya bosh vazirining birinchi o‘rinbosari - xalqaro savdo va sanoat vaziri Muhammad Azmin Ali bilan videokonferensiya shaklida muzokaralari bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatlar o‘rtasida kimyo sanoati, ta'lim, axborot texnologiyalari va oziq-ovqat sanoati sohalariga investitsiyalar kiritish bo‘yicha hamkorlikning ulkan istiqbollari belgilab olindi.
O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan bog‘liq masalalar ham muhokama qilindi - masalan, Xorazm viloyatidagi “Hazorasp” EIZda 250 mln dollarga yaqin Malayziyaning Serba Dinamik Group Berhad kompaniyasining to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarini jalb qilgan holda kaustik soda va suyuq xlor ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasi faol ravishda amalga oshirilmoqda.
O‘zbekistonda bir nechta Malayziya banklarining filiallarini ochish va respublikada eksportga yo‘naltirilgan loyihalarni moliyalashtirish hamda kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan banklararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali bank-moliya sohasida hamkorlik qilishning yuqori salohiyati qayd etildi.

Islom bankchiligi sohasida Malayziyaning tajribasini joriy etish mexanizmlari va shu vaqtning o‘zida O‘zbekiston bank sohasidagi xodimlari uchun ushbu sohada malaka oshirish kurslarini tashkil etish masalalari alohida ko‘rib chiqildi.
Transport, logistika va turizm sohasida ikki tomonlama hamkorlik uchun katta imkoniyatlar mavjudligi qayd etildi. Shu nuqtayi nazardan, xalqaro havo transporti orqali yuk tashishlarni tashkil etish, logistika havo habini yaratish, shuningdek, O‘zbekistonda Aviation Academy xalqaro standartlariga muvofiq uchuvchilarni tayyorlash markazini ochish bo‘yicha chora-tadbirlar muhokama qilindi.
Madaniy-gumanitar sohasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish doirasida MARA texnologiya universiteti hamda Samarqand shahridagi “Ipak Yo‘li” xalqaro turizm universiteti bilan amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, shuningdek Xorazm viloyatida Binary menejment va tadbirkorlik universiteti filialining faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq barcha masalalarni hal etish bo‘yicha birgalikda amalga oshiriladigan harakatlar muhokama qilindi.
Videokonferensiya yakunida muhokama qilingan va kelishilgan tashabbuslarni ilgari surish va amalga oshirish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruhini tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi, deyiladi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi xabarida.
Mavzuga oid
12:54 / 02.04.2026
Pushti masjid, qadimiy port, egizak minoralar va keng assortimentli gastronomiya: sayohat uchun nega Malayziyani tanlash kerak?
12:24 / 17.03.2026
“Umra plyus” dasturi uchun malay va indonez tillarini biladigan gidlar tayyorlanadi
09:25 / 06.03.2026
Malayziya va Indoneziyadan jalb qilingan sayyohlar uchun subsidiya ajratiladi
19:34 / 11.01.2026