Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
BMTning 180dan ortiq xodimi koronavirusga chalingani ma'lum qilindi
Birlashgan Millatlar Tashkilotining koronavirus yuqtirgan xodimlari soni 189 kishiga yetdi. Bu haqda BMT bosh kotibi rasmiy vakilining o‘rinbosari Farxon Xaq ma'lum qildi.
Foto: iStock
"BMTdagi holatlarga kelsak, yakshanba kechqurungi ma'lumotlarga ko‘ra, butun dunyo bo‘yicha kasallikka chalingan xodimlarimiz soni 189 nafar, uch kishi vafot etdi", - dedi Haq.
Avvalroq BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish COVID-19 pandemiyasini dunyo tinchligiga tahdid o‘laroq baholagandi.
Uning fikricha, ijtimoiy tartibsizlik va zo‘ravonliklarning kuchayishi o‘z navbatida dunyo hamjamiyatining kasallikka qarshi kurashish qobiliyatini ham pasaytirish mumkin.
«Bu – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil etilganidan buyon o‘tgan 75 yillik davrdagi eng jiddiy sinov. Allaqachon xalqaro, mintaqaviy va milliy nizolarni hal etishda to‘sqinlik qilmoqda», – degandi Guterrish.
So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 1 mln 800 mingdan oshgan, 117 500 dan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid
22:38 / 20.01.2026
Isroil BMT Falastin qochqinlariga yordam agentligi qarorgohini buzib tashladi
15:27 / 14.01.2026
BMT: 2025 yil Ukrainada tinch aholi uchun eng qonli yil bo‘ldi
23:29 / 08.01.2026
AQSh BMT Yashil iqlim fondidan chiqdi
14:14 / 08.01.2026