Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dollar kursi 12 ming so‘mgacha quladi
Valuta birjasidagi bugungi savdolardan keyin, O‘zbekiston Markaziy banki AQSh dollarining 22 oktyabr uchun so‘mga nisbatan rasmiy qiymatini 12 011 so‘m deb belgiladi. Bu – “bir martalik to‘g‘rilanish” ro‘y bergan 2023 yil 9 avgustidan keyingi davr uchun minimum ko‘rsatkich.
Foto: Kun.uz
O‘zbekiston Markaziy banki 22 oktyabrdan boshlab xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi. AQSh dollari kursi kunlik savdolar yakuniga ko‘ra yana 49 so‘mga o‘z qiymatini yo‘qotdi.
Umuman olganda, dollar kursi ketma-ket to‘rtinchi savdo kuni so‘mga nisbatan pasayib, deyarli 223 so‘mga (1,81 foiz) — 12 233 so‘mdan 12 011 so‘mga arzonlashdi. Bu – 2023 yilning 9 avgustidan (11 664 so‘m) beri qayd etilgan eng past ko‘rsatkich.
Yil boshidan buyon milliy valuta AQSh valutasiga nisbatan 6,9 foizga mustahkamlandi. Taqqoslash uchun, 2024 yilning mos davrida so‘m 3,7 foizga (12 352 so‘mdan 12 815 so‘mga) qadrsizlangan edi.
Kun davomida Amerika valutasini 12 045 so‘mdan boshlab sotib olish mumkin bo‘ldi.
Ayni paytda so‘m kursining mustahkamlanishiga pul o‘tkazmalari oqimining ko‘payishi, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning oshishi, asosiy hamkor davlatlar milliy valutalarining barqarorlashishi va oltin narxining qimmatlashishi fonida eksportning o‘sishi va savdo taqchilligining qisqarishi kabi omillar ta’sir qilayotgan bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
16:42 / 26.11.2025
Dollar kursi 11 900 so‘mdan ham pasaydi
16:27 / 23.09.2025
2 yillik minimum. Dollar so‘mga nisbatan nega arzonlashyapti?
16:51 / 18.06.2025
Dollarning rasmiy kursi oxirgi 10 oylikdagi eng past darajaga tushdi
17:02 / 29.05.2024