Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KOICA ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinishi boshlandi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligining “O‘zbekistonda kasb-hunarga o‘qitish imkoniyatlarini rivojlantirish” loyihasi doirasida Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida Toshkent shahrida tashkil etilgan Kasb-hunarga o‘qitish markaziga o‘quvchilar qabul qilinadi.
Markazda ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish (qayta tayyorlash) quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha bepul amalga oshiriladi – avtomobillarni diagnostika qilish, ta'mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish (avtochilangarlar, motorchilar, avtomobillar diagnostikasi bo‘yicha mutaxassislar), mashinasozlik ishlab chiqarishi (tokarlar, frezerchilar, payvandchilar, metallga ishlov berish mutaxassislari), elektr va elektronika (elektron texnika, radio va teleapparatlarni ta'mirlaydigan mutaxassislar), axborot texnologiyalari (hisoblash mashinalari operatorlari, kompyuter va boshqa org.texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha mutaxassislar).
Markazda kasb-hunarga o‘qish muddati 10 oy, shundan markazda o‘qish – 6 oy, korxonalarda ishlab chiqarish amaliyoti – 4 oy davom etadi.
Kasb-hunarga o‘qitish markaziga hujjatlar, o‘qish istagini bildirganlarning ixtiyoriy tanloviga muvofiq, tuman (shahar) Bandlikka ko‘maklashish markazining yo‘llanmasi asosida qabul qilinadi.
Toshkent shahridagi Kasb-hunarga o‘qitish markazining bitiruvchilariga egallagan kasbi (mutaxassisligi) bo‘yicha mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.
Talab qilinadigan hujjatlar: ariza, pasport (asli va nusxasi), kasb-hunar kolleji, akademik litsey yoki o‘rta ta'lim maktabining 11-sinfini bitirganlik to‘g‘risida hujjat (attestat yoki diplom, asli va nusxasi), Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan berilgan yo‘llanma, sog‘lig‘i to‘g‘risida ma'lumotnoma (086 forma), 3,5x4,5 mm hajmdagi 6 dona rangli fotosurat.
Hujjatlar 2016 yil 15 noyabrdan 15 dekabrgacha qabul qilinadi.
Manzil: Toshkent shahar, Sergeli tumani, Sergeli-8 daha.
Murojaat uchun tel: (+99871) 251-19-03, 251-26-91
Qo‘shimcha ma'lumotlar uchun: www.vtct.uz / www.mehnat.uz
Mavzuga oid
23:27 / 17.01.2026
AQShdagi o‘qituvchilar xavotirda: zumerlar o‘qishni unuta boshladi
20:18 / 15.01.2026
Toshkentdagi ayrim ko‘chalarda jamoat transporti harakati sxemasi o‘zgartiriladi
12:08 / 14.01.2026
102 ga qo‘ng‘iroq qilib, “Trampga chora ko‘rishni” so‘ragan fuqaro ma’muriy jazoga tortildi
15:29 / 13.01.2026