Jahon | 21:14 / 04.02.2026
7946
2 daqiqa o‘qiladi

AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermadi – Gor

AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor Qirg‘iziston poytaxti Bishkekda jurnalistlar bilan uchrashdi va Qo‘shma Shtatlar bu mintaqaga ustuvor ahamiyat berishini va ma’muriyatning kelgusi uch yildagi siyosati aynan shu asosda qurilishini ta’kidladi.

Foto: AKIpress

Elchi Gor AQSh uzoq vaqt davomida Markaziy Osiyoga yetarlicha e’tibor bermaganini ta’kidladi.

«Menda prezident Trampning bevosita oddiy ko‘rsatmasi bor - Qo‘shma Shtatlar bu mintaqa bilan ishlashni xohlaydi, Qo‘shma Shtatlar bu mintaqaga ustuvor ahamiyat beradi va biz ma’muriyatimizning kelgusi uch yildagi siyosatini aynan shu asosda qurmoqchimiz. Uzoq vaqt davomida AQSh bu mintaqaga yetarlicha e’tibor bermadi. Prezident Tramp boshchiligida biz buni o‘zgartirmoqchimiz», dedi Gor.

Elchi AQSh bu mintaqadagi davlatlar bilan texnologiyalar sohasida hamkorlik qilmoqchi ekanini aytdi.

«O‘tgan yili Oq uydagi C5+1 sammitida hamma guvoh bo‘lganidek, bu ustuvorlik Oval kabinetdan kelib chiqmoqda. Bu biz e’tibor qaratadigan narsa, bu biz siyosatimizni quradigan narsa. Bu har ikki tomon uchun ham foydali. Bizda eng yaxshi texnologiyalar bor, bizda eng yaxshi imkoniyatlar bor. Biz mintaqa mamlakatlari va hamkorlar bilan hamkorlikni aynan shu yo‘nalishda qurmoqchimiz. Men bugun forumda ishtirok etayotgan kompaniyalar ro‘yxatiga qaradim va adolatli ravishda aytmoqchimanki, bu mintaqaga tashrif buyurgan kompaniyalarning eng uzun va ahamiyatli ro‘yxati. Biz kelgusi oylar va yillarda shunga tayanamiz. Bu faqat boshlanishi», dedi Gor.

Avvalroq, AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyurishi haqida xabar berilgan edi.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid