Jahon | 14:11 / 04.07.2025
4499
2 daqiqa o‘qiladi

Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi bekor qilindi

2017 yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Bosh harbiy-dengiz paradi bu yil «xavfsizlik choralari» tufayli birinchi marta o‘tkazilmaydi, deb yozadi "Fontanka" manbalarga tayanib.

Foto: Vyacheslav Prokovjev/POOL/AFP/Getty Images

Bu yil Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi (GVMP-2025) bekor qilindi. Unga tayyorgarlik bir necha kun avval «xavfsizlik choralari» tufayli to‘xtatilgan edi, deb yozdi "Fontanka" 3 iyul, payshanba kuni bir necha manbalarga tayanib.

Harbiy-dengiz floti kunini nishonlash — bu yil u 27 iyulda nishonlanadi — 2015 yilgacha bo‘lgan gulchambarlar qo‘yish, ommaviy bayramlar va Saroy maydonida konsertni o‘z ichiga olgan formatga qaytadi. «Nevada ham, Kronshtadtda ham kemalar bo‘lmaydi, aviatsiya ham bo‘lmaydi», deb ta’kidlaydi "Fontanka". Bundan tashqari, an’anaga ko‘ra Senat maydonidagi tadbirlarni yopadigan piyoda otryadlari bayramlarda qatnashmaydi.

Sankt-Peterburgda Bosh harbiy-dengiz paradi birinchi marta 2017 yilda bo‘lib o‘tdi, unda Rossiya Harbiy-dengiz flotining beshdan bir qismi, jumladan, Shimoliy, Boltiqbo‘yi, Qora dengiz floti va Kaspiy flotiliyasi ishtirok etdi.

Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan keyin ham u bekor qilinmadi. 2024 yilda GVMP doirasida Kronshtadtda Rossiya prezidenti Vladimir Putinga suiqasd uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rilayotgani haqidagi xabarlar fonida tantanali qism bo‘lmagan.

Mavzuga oid