Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev amaliy taşrif bilan Sankt-Peterburg şahriga keldi.

«Pulkovo» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Sankt-Peterburg gubernatori Aleksandr Beglov va boşqa rasmiy şaxslar kutib oldi.

Taşrif doirasida Özbekiston yetakçisi 21-22 dekabr kunlari Yevroosiyo Oliy iqtisodiy kengaşining navbatdagi majlisida kuzatuvçi maqomida va MDH davlat rahbarlarining norasmiy uçraşuvida iştirok etadi.

Sammit kun tartibidan mazkur köp tomonlama birlaşmalar doirasida özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş bilan boğliq dolzarb masalalar örin olgan.

An’anaga köra, birgalikda amalga oşirilgan işlarning asosiy natijalari sarhisob qilinadi va kelgusi yildagi amaliy hamkorlikning ustuvor yönalişlari yuzasidan fikr almaşiladi.