Ular o‘zimizga munosib masalalarni yoritishda qo‘rqmasligi kerak – Prezident jurnalist va blogerlar faoliyati haqida
Prezident Shavkat Mirziyoyev sog‘liqni saqlash masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilayotgan yig‘ilishda jurnalist va blogerlar faoliyati haqida ham gapirdi.

«Men tizimdagi muammolarni ko‘tarib chiqayotgan, yoritib berayotgan jurnalist va blogerlardan xursandman. Aynan ular ko‘plab muammo va qilinayotgan ishlarni yoritib berishmoqda.
Albatta, bu masalalar oddiy tilda aytganda evi, tasdig‘i bilan bo‘lishi kerak. Ular odatda ko‘p masalalarni o‘zi o‘qigan, ya'ni rivojlangan davlatlar bilan solishtirishadi. Lekin ular shuni ham tushunishlari kerakki, bizda ochiqlik siyosatiga endi 3 yil bo‘ldi. Jurnalist va blogerlar solishtirayotgan davlatlarning erkinligiga esa 300 yil bo‘lgan.
Biz albatta shu davrlarga ham yetamiz. Ular o‘zimizga munosib masalalarni yoritishda qo‘rqmasligi kerak», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid

19:22 / 04.04.2025
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?

14:40 / 14.03.2025
Avstraliyada vombat bolasini onasidan tortib olgan amerikalik bloger deportatsiya qilinishi mumkin

22:30 / 02.01.2025
“Chumoli”: noldan ko‘tarilgan yigitlar hikoyasi

19:29 / 02.01.2025