Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda yo‘l o‘tkazgich o‘pirilib tushdi
“Buyuk Turon” ko‘prigi 128,6 mlrd so‘mga qayta qurilgan va 1,5 yil oldin foydalanishga topshirilgan edi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar
Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanida 2024 yilda qayta qurilgan “Buyuk Turon” ko‘prigiga olib chiquvchi yo‘lning bir qismi o‘pirilib ketdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlardan ko‘rinishicha, o‘pirilish – yo‘l o‘tkazgichning Temur Malik ko‘chasidan Buyuk ipak yo‘li ko‘chasiga olib chiquvchi qismida sodir bo‘lgan.
Yo‘lning boshqa tomonida ham yoriqlar bor: bu o‘pirilishdan oldingi alomatlar bo‘lishi mumkinligi aytilyapti.

“Buyuk Turon” ko‘prigi (“Troitskiy most” ham deyiladi) – Temur Malik ko‘chasini rekonstruksiya qilish loyihasi doirasida 128,6 mlrd so‘mga qayta qurilgan bo‘lib, 2024 yil avgust oyida – Mustaqillik bayrami arafasida foydalanishga topshirilgan edi.
Ayni paytdagi ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar qayd etilmagan. Bu haqda ma’lum qilgan Toshkent shahar hokimligi voqea joyiga zudlik bilan avariya xizmatlari, texnik mutaxassislar va mas’ul tashkilotlar vakillari yuborilgani, hodisa sodir bo‘lgan hudud o‘rab olinganini bildirdi.
“Hozirda kompleks texnik tekshiruv o‘tkazilmoqda. Tekshiruv yakunlanmaguncha, uzil-kesil xulosa chiqarishga hali erta. Dastlabki taxminlar qatorida so‘nggi kunlardagi kuchli yog‘ingarchilik ta’siri, jumladan, tuproqning haddan tashqari namlanishi va konstruksiyaga tushadigan yuklamaning ortishi kabi omillar ko‘rib chiqilmoqda. Shu bilan birga, loyihaviy yechimlar, qurilish-montaj ishlari sifati, drenaj tizimining holati, qurilish nazorati hamda obektni qabul qilib olish tartibi kabi barcha tegishli holatlar ham tekshirilmoqda.
Texnik tekshiruv yakunlari bo‘yicha tiklash ishlari yuzasidan qaror qabul qilinadi. Qoidabuzarliklar yoki ishlarning lozim darajada bajarilmaganligi aniqlansa, mas’ul shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralari ko‘riladi”, – deyiladi hokimlik axborotida.


Mavzuga oid
23:15 / 14.03.2026
Avtobus uchun ajratilgan bo‘laklarda boshqa mashinalar yurmasligi uchun kameralar o‘rnatyapmiz - hokim o‘rinbosari
23:05 / 14.03.2026
Toshkentda 460 ta bekat tadbirkorlarga ijaraga berildi – hokimiyat
14:24 / 14.03.2026
Xivada «Boqiy shahar» konsepsiyasi asosida yangi hudud barpo etiladi
09:08 / 14.03.2026