Jamiyat | 08:42 / 30.01.2017
11463
1 daqiqa o‘qiladi

Germaniyada ko‘ngilxushlikdan keyin 6 kishi jonsiz holda topildi

Foto: AP

Germaniya politsiyasi Arnshtayn shahrida 6 nafar o‘smirning o‘limini tergov qilmoqda. Yoshlarning jasadini ulardan ikki nafarining otasi aniqlagan. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar bermoqda.   

Axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, erkak o‘z uyi yonidagi ayvonchada o‘g‘li va qizi hamda ularning 4 nafar tanishi jasadini aniqlagan. Halok bo‘lganlarning yoshlari 18 va 19da bo‘lgan.              

Ta'kidlanishicha, avvalroq bu uyda yoshlar ko‘ngilxushlik qilishgan.  

Yaqin oradagi Vyurtsburg shahri politsiyasining ma'lum qilishicha, yoshlarning halok bo‘lishi sabablari va tafsilotlari noma'lum. Shuningdek, politsiya jinoyat haqida hech qanday ma'lumot olmagan.   

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid