Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda O‘zbekiston-Fransiya universiteti tashkil etiladi
Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya universiteti tashkil etilib, sentabrdan universitetning tayyorlov kurslari ochiladi.
Foto: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya universiteti tashkil etiladi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi xabariga ko‘ra, 11 mart kuni oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov Fransiyaning mamlakatdagi favqulodda va muxtor elchisi Oreliya Bushez bilan uchrashdi.
Tomonlar ikki davlatning oliy ta’lim, professional ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalar sohasida hamkorligi hamda o‘zaro aloqalarni yanada mustahkamlash yo‘lida olib borilayotgan ishlarni muhokama qildi.
Toshkent shahrida O‘zbekiston-Fransiya universitetini tashkil etish, joriy yil sentabr oyidan universitetning tayyorlov kurslarini ochish, o‘quv rejalari, ta’lim dasturlarini yaratish va tasdiqlash, professor-o‘qituvchilarni jalb etish kabi masalalar ko‘rib chiqildi.
Professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining Fransiyada amaliyot o‘tashini tashkillashtirish, talabalarga fransuz tilini o‘rgatish dasturlarini yanada takomillashtirish, fransuz tili o‘qituvchilarining malakasini oshirish bo‘yicha fikr almashildi.
Joriy yilning oktyabr oyida Toshkentda bo‘ladigan O‘zbekiston-Fransiya rektorlar forumiga tayyorgarlik masalalari ham uchrashuv kun tartibidan o‘rin oldi.
Mavzuga oid
14:41 / 31.12.2025
Aktyor Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqaroligini oldi
18:28 / 27.12.2025
Geologiya fanlari universiteti va Fransiyaning BRGM tashkiloti bilan kelishuvga erishildi
23:22 / 25.12.2025
Jazoir fransuz mustamlakasini jinoyat deb e’lon qildi
10:00 / 25.12.2025