Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aktyor Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqaroligini oldi
Ikki karra “Oskar” mukofoti sovrindori Fransiyada rafiqasi bilan ko‘p vaqt o‘tkazadi va u yerdan ko‘chmas mulk ham sotib olgan. Endi esa, AFP yozishicha, Fransiya hokimiyati farmoniga muvofiq Jorj Kluni va uning oilasi Fransiya fuqarolariga aylangan.
Foto: AP
Amerikalik aktyor Jorj Kluni, uning rafiqasi Amal va ularning farzandlari Fransiya fuqaroligini oldi. Bu haqda AFP agentligi dushanba, 29 dekabr kuni Fransiya hokimiyatining tegishli farmoniga tayanib xabar berdi.
AFP ma’lum qilishicha, ikki “Oskar” sovrindori rafiqasi bilan birga Fransiyada ko‘p vaqt o‘tkazadi. “Menga Fransiyaning madaniyati va tili yoqadi, garchi 400 kunlik mashg‘ulotlardan keyin ham uni hali to‘liq mukammal o‘rganib olmagan bo‘lsam-da”, — dedi Kluni dekabr boshida fransuz tilida efirga chiqadigan RTL radiostansiyasiga.
2021 yilda er-xotin Fransiya janubi-sharqidagi Brinol kommunasida joylashgan sobiq uzumzor yer-mulkni sotib olgan. Hollivud yulduzi tushuntirishicha, bu yerda ularning bolalarini maktab atrofida poylab turadigan paparatssilar bezovta qilmaydi. “Bu biz uchun eng muhim narsa”, — deya ta’kidladi aktyor intervyusida. “Biz uchun eng baxtli joy — shu ferma: bu yerda bolalar xuddi men Kentukkida bolaligimda quvonganimdek, shodlanib o‘ynaydi”, — deya qo‘shimcha qildi Kluni.
Mavzuga oid
13:22 / 23.03.2026
O‘zbekiston Fransiya bilan qo‘shma agrar tadqiqot loyihalarini yo‘lga qo‘ymoqchi
10:54 / 23.03.2026
Parijda so‘l kuchlar ustun keldi: Greguar merlikni qo‘lga kiritdi
13:43 / 21.03.2026
Fransiya “soya floti” tankerini qo‘lga oldi
15:29 / 17.03.2026