Muvaffaqiyat sari yo‘l: IT Park University talabalarining Ispaniyadagi amaliyotdan olgan taassurotlari
May oyida IT Park University’ning birinchi va ikkinchi kurs talabalari Ispaniyada IT-mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari orasida dunyoda yetakchilardan bo‘lgan EPAM Systems ofislarida amaliyot o‘tashdi. O‘qishda eng yaxshi natijalar ko‘rsatgan talabalar uchta shahardagi EPAM ofislarida ish jarayonlari tuzilishi bilan tanishib, o‘zaro tajriba almashishdi va Yevropa IT-mutaxassislarining bir qator trening va seminarlarida bo‘lishdi. Ushbu maqolada amaliyot jarayonlari haqida ma’lumot beramiz.
Bu yil birinchi va ikkinchi kurs talabalariga xalqaro amaliyot o‘tash uchun 8 ta grant o‘rinlari ajratildi. 2023 yilda IT Park University xalqaro amaliyoti Litva va Polshada bo‘lib o‘tgan edi. Bu safar talabalar o‘quv darajasi, IT sohasidagi yutuqlari, universitet hayotidagi faol ishtiroki va motivatsion videorolik asosida tanlandi. Amaliyot to‘liq universitet tomonidan moliyalashtirildi.
«Men IT Park University’ga yaqindagina o‘qishga kirganman, lekin shuni ayta olamanki, bu yerda talabalar hayoti juda boy va qiziqarli. Shu ikki semestr davomida universitet tomonidan o‘tkazilgan ko‘plab tadbirlar va treninglarda qatnashishga muvaffaq bo‘ldim. Ulardan eng esda qolarlisi esa universitet tomonidan moliyalashtirilgan Ispaniyaga amaliyot safari bo‘ldi.
Men IT sohasida yangiman. Bo‘sh vaqtimni dasturlashni o‘rganishga va bilimimni oshirishga sarflayman. EPAM testchilarining faoliyatini kuzatib, ular o‘z ish jarayonlariga doimiy ravishda yangi texnologiyalarni joriy etishlariga amin bo‘ldim. Ishdagi uyg‘unlik, hamkasblar xushmuomalaligi meni juda ruhlantirdi.
Mutaxassislar o‘rtasidagi uzluksiz o‘rganish va doimiy bilim almashish kabi muhim jihatlarni o‘z ko‘zlarim bilan ko‘rganimdan cheksiz baxtliman. To‘g‘ri tanlov qilganimga endi aslo shubham yo‘q. IT sohasida o‘z ijodkorlik qobiliyatlarimni rivojlantirish va loyihalarimni amalga oshira olishimga ishonchim komilM», - deydi universitet birinchi kurs talabasi Nigoraxon Mamadaliyeva.
Amaliyot IT Park University hammuassisi EPAM’ning Yevropadagi ofislarida bo‘lib o‘tdi. Kompaniya amaliyotchilari turli muammolarni hal qilishda o‘z yondashuvlari va texnologiyalari bo‘yicha seminar va treninglar o‘tkazdilar.
«Bolaligimdan kompyuter va kompyuter o‘yinlariga qiziqaman. Shuning uchun menda IT sohasiga juda erta qiziqish paydo bo‘lgan va men bunga oddiy havas deb qaramaganman. Mening rivojlanish, zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish istagimni amalga oshirishga IT Park University imkon berdi. Universitet yaqinda tashkil etilgan, demak undagi o‘quv dasturlari 100% «yangi». Bundan tashqari, ITPU o‘qish va boshqa mashg‘ulotlarini birday olib borishga imkon beruvchi gibrid ta’limni taklif qiladi.
Ispaniyadagi amaliyot menga loyihalar va mahsulotlar ustida ishlashda yangi xalqaro ko‘nikmalar, metod va texnologiyalar darajasini ko‘rish imkoniyatini berdi. Safar to‘liq IT Park University tomonidan to‘langani esa juda yoqimli bonus bo‘ldi.
Meni ayniqsa hayratda qoldirgan topshiriq - bizga faqat ChatGPT orqali kod yozish vazifasi edi. Biz qo‘lda hatto bir qator kod yozmadik, biz uchun ChatGPT barchasini o‘zi bajarishini ko‘rish foydali va hayajonli bo‘ldi», - deya o‘z taassurotlari bilan bo‘lishadi talaba Leonid Voronin.
Vladimir Xalutin (IT Solutions Architect) va Paulo Medel (Delivery manager) tomonidan o‘tkazilgan Sun’iy intellekt imkoniyatlariga bag‘ishlangan qiziqarli seminar amaliyot o‘quv dasturining boshlanishi edi.
Bundan tashqari, talabalar testchilar guruhi rahbari Lidiya Smirnovaning dasturiy ta’minotni sinovdan o‘tkazish (QA) bo‘yicha seminarida qatnashib, unda qanday ishlab chiqish usullari dunyoda mavjud va dolzarbligi, ulardagi QA mutaxassislarining roli haqida bilib oldilar.
Ishtirokchilar mahalliy va xalqaro bozorlarda muvaffaqiyatli hamkorlik qilish, jahon darajasidagi martaba uchun zarur bo‘lgan shaxsiy fazilatlar va ko‘nikmalar to‘plami «soft skill»larni rivojlantirish bo‘yicha ham qiziqarli seminardan bahramand bo‘lishdi. HR menejeri A’zam Ahmedov talabalarga turli madaniyatlarning farq va o‘xshashliklari, biznesga mas’uliyatli va vijdonan munosabatda bo‘lishning ahamiyati, jamoada maqsadlarga erishishda vaqtni boshqarishni unutmaslik haqida juda qiziqarli tarzda gapirib berdi.
«Mening talabalik hayotim juda qiziqarli va ajoyib voqealarga boy. Hozirda GDSC’ning yangi lideri bo‘lish uchun Google'da bo‘ladigan intervyuga tayyorlanyapman. Biz ushbu tanlov uchun motivatsion video ham tayyorlab qo‘ydik.
O‘qishdan tashqari, men ko‘proq tajriba orttirish uchun turli grantlarni izlayman va IT bo‘yicha barcha tadbirlarda, xakatonlarda qatnashaman.
Bolaligimdan menda umuman texnologiyaga, xususan, IT olamiga juda katta qiziqish bor edi. Esimda, har qanday texnologiya qanday ishlashi, internet qanday ishlashi va ilg‘or taraqqiyot olami haqidagi fikrlar menda doim tinimsiz izlanishlarimga sabab bo‘lardi.
IT Park University’da men o‘zim uchun eng yaxshi imkoniyatni topdim - bu menga istagan joydan turib o‘qish imkonini beruvchi onlayn ta’lim. Universitetda o‘qish menga o‘z sohamda hozirdanoq ishlashga to‘sqinlik qilmaydi.
Men Full-stack dasturchisiman. Yaqindagina yetakchilik va boshqaruv ko‘nikmalarni rivojlantirish kursini tamomladim. Amaliyot davomida men ofislari va laboratoriyasiga tashrif buyurgan EPAM Systems kompaniyasi bilan suhbatga taklifnoma oldim. O‘zbekistonga kelganimdan so‘ng intervyudan o‘tdim va hozir faoliyatimning boshlanishini kutyapman», — dedi Shohista Rahimova.
Kaseres nomli kichik shaharchadagi EPAM hardware-laboratoriyasiga tashrif amaliyot guruhidagi har bir talaba uchun hayajonli bo‘ldi. Laboratoriya bo‘ylab ekskursiya davomida talabalar uning asosiy faoliyati – striming xizmatlari uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish bilan batafsil tanishtirildi. Luis Fernando Melon - IT Solutions Architect va Klaudiya Ramos ishtirokchilarning ko‘plab savollariga mamnuniyat bilan javob berishdi va hatto ularni laborant-talabalar bilan ham tanishtirishdi.
Dasturdan jahon san’at arboblari mamlakati hisoblanmish Ispaniya bilan madaniy tanishuv ham o‘rin olgandi. Talabalar Malagadagi Pablo Pikasso muzeyiga tashrif buyurib, shahar markazi go‘zalligi, tarixiy binolar hamda Andalusiya tabiatidan bahra olib, o‘z hayratlarini yashira olmadilar.
Bundan tashqari, ekskursiyalar «Taxtlar o‘yini» ko‘p qismli seriali suratga olingan joylar va poytaxt Madridning markaziy hududini qamrab oldi.
IT Park University’da talabalar hayotining imkoniyatlari va xususiyatlari haqida Instagram va universitet Veb-saytida batafsil ma’lumot oling.
IT Park University bilan IT sohasida muvaffaqiyatli xalqaro kar’yerani boshlang!
Telefon: (+998) 55−503−99−99.
Telegram-bot: t.me/ITPU_bot
Mavzuga oid
16:00 / 15.08.2024
UZBMB(DTM) testi natijalari bilan imtihonlarsiz IT Park University'ga kirish imkoniyati
14:00 / 06.08.2024
IT Park Universityʼda Open Day: Kelajakdagi IT- mutaxassislari uchun ilhomlantiruvchi tadbir
14:00 / 24.07.2024
IT Park University va Women in Tech IT sohasida ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun kuchlarni birlashtiradilar
15:00 / 14.05.2024