IT Park University magistratura bosqiçi yetakçi xalqaro IT giganti EPAM va Özbekiston Raqamli texnologiyalar vazirligi qoşidagi IT Park bilan hamkorlikda işlab çiqilgan bölib, u ta’limga innovatsion yondaşuvni özida aks ettiradi.

Uşbu dastur talabalarga IT sohasida muvaffaqiyatli martaba uçun zarur bölgan çuqur akademik bilim va amaliy könikmalarni beradi.

Dastur haqida

Dastur onlayn formatda bölib, 3 semestrlik ta’limdayoq dasturiy ta’minot muhandisligi magistri böliş imkoniyatini beradi. Talabalar uçta mutaxassislik – Solution Architecture, Cloud va DevOps yoki Data Processing and AI – hamda yakuniy tadqiqot loyihasini tanlaş bilan keng qamrovli ta’lim oladilar.

Biz ilğor texnika va innovatsiyalarni birlaştirib, onlayn format orqali maksimal ta’lim samaradorligini hamda digital platforma yordamida öquv resurslaridan foydalanişni ta’minlaymiz. Ingliz tilidagi ta’lim IT sohasida muloqot könikmalarini rivojlantirişga yordam bersa, moslaşuvçan individual jadval esa sizga öqiş, iş va şaxsiy hayotni muvaffaqiyatli birlaştirişga imkon beradi.

Mutaxassisliklar

Talabalar IT Park University magistraturasida öqiş davomida uçta yönalişdan birini tanlaşlari mumkin:

•   Solution Architecture arxitektura tamoyillarini çuqur tuşuniş imkonini beradi;

•  Cloud va DevOps rivojlaniş jarayonlarini optimallaştiriş böyiça könikmalarni rivojlantiradi;

•  Data Processing and AI sizni ma’lumotlar va sun’iy intellekt bilan işlaşga tayyorlaydi.

Fanlararo yondaşuv tufayli magistratura bitiruvçilari dasturiy ta’minotni işlab çiqiş, ma’lumotlarni tahlil qiliş, veb-dasturlaş va ma’lumotlar bazasini boşqariş kabi turli IT sohalarida işlaşga tayyorlanadilar.