O‘zbekiston | 18:47 / 25.01.2017
46838
2 daqiqa o‘qiladi

Qamchiq dovoni orqali katta yukli transportlar o‘tishi taqiqlanadi

2017 yilning 1 iyulidan boshlab Qamchiq dovoni orqali yuklamasi 11,5 tonnadan ortiq bo‘lgan avtomobil transportlari tomonidan yuklarni olib o‘tish taqiqlanishi mumkin.

Bunday choralar hukumatning “A-373 avtomobil yo‘l qismining Qamchiq dovonidagi qismidan samarali foydalanish bo‘yicha choralar to‘g‘risida”gi loyihasida ko‘zda tutilgan. U qonun hujjatlarini baholash tizimi portalida muhokama uchun taqdim etildi. Hujjat Iqtisodiyot vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.

O‘qqa tushadigan yuklamalar parametri quyidagi yuk avtotransport vositalariga tegishli bo‘lmaydi:

— vakolatli organlarning maxsus ruxsati bilan ajratilmaydigan yirik hajmli va og‘ir vaznli yuklarni olib o‘tuvchilar;
— Qamchiq dovonida yo‘l-transport infratuzilmasi obektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta'mirlash va saqlash bo‘yicha ishlarga jalb etilganlar.

Angren-Pop temir yo‘l qismida asosiy yuk turlarini tashish bilan “O‘zbekiston temir yo‘llari” shug‘ullanadi.

O‘qqa tushadigan yuklama deb avtomobilga va yo‘l yuzasiga tushuvchi og‘irlikka aytiladi. Katta o‘q yuklamasiga ega bo‘lgan avtomobillar yo‘l yuzasini tezroq buzadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid