Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2025 yilda 6 nafar top-bloger 2,7 mlrd so‘m daromad olgani aytildi
Elektron hisobvaraq-fakturalar asosida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur blogerlar budjetga 110,4 million so‘m soliq to‘lagan.
Foto: Davlat soliq qo‘mitasi
Soliq qo‘mitasida o‘tkazilgan ochiq muloqotda blogerlarni soliqqa tortish masalasi muhokama qilindi. Qayd qilinishicha, jarayon hozir o‘rganish bosqichida.
Soliq qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, sohani tizimli o‘rganish doirasida eng faol 110 nafar bloger ro‘yxati shakllantirilgan. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, ularning 55 nafari o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida, 33 nafari yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan, qolgan 22 nafari esa jismoniy shaxs maqomida faoliyat yuritmoqda.
«Bu esa blogerlik faoliyatining amaldagi ko‘lami bilan uning huquqiy maqomi o‘rtasida muayyan nomutanosiblik mavjudligini ko‘rsatadi», deyiladi xabarda.

Alohida e’tibor 3 milliondan ortiq obunachiga ega 6 nafar top-bloger faoliyatiga qaratildi. Aniqlanishicha, 2025 yil davomida ular tomonidan 360 ta «storis» va 184 ta reklama posti joylashtirilgan. Elektron hisobvaraq-fakturalar asosida taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur blogerlarning jami daromadi 2,7 milliard so‘mni tashkil etgan, budjetga esa 110,4 million so‘m soliq to‘langan.
Ta’kidlanishicha, uchrashuv davomida ishtirokchilarga reklama joylashtirishdan olinadigan daromadlarni soliqqa tortish tartibi batafsil tushuntirildi. Xususan, o‘zini o‘zi band qilgan shaxs maqomi xodim yollash huquqini bermasligi, amalda esa ayrim blogerlar tomonidan administratorlar va boshqa mutaxassislar jalb etilayotgani qayd etilgan.
Soliq qo‘mitasi mutasaddilarining qayd qilishicha, blogerlik faoliyatini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish va daromadlar shaffofligini ta’minlash bugungi kunda dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda.

Mavzuga oid
15:37 / 06.05.2026
Markirovkali suv va ichimliklarni agregatsiyalash kechiktiriladi
18:42 / 05.05.2026
Tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid ayrim muammolar bo‘yicha prezidentga takliflar kiritildi
20:40 / 04.05.2026
96 ming so‘mlik harakat uchun 140 mlrd so‘m jarima - mutaxassis tadbirkorlarni bankrot holatiga olib kelayotgan markirovka jarimalari haqida
07:27 / 04.05.2026