Prezident Şavkat Mirziyoyev 5 may kuni tadbirkorlarni öylantirayotgan muammoli masalalarni hal etiş yuzasidan taqdimot bilan tanişdi.

Rasmiy relizga köra, taqdimotda jumladan quyidagi takliflar ilgari surilgan:

  • umumiy ovqatlaniş korxonalariga qöşilgan qiymat soliğining bir qismini qaytariş tartibini soddalaştiriş;
  • ayrim savdo, umumiy ovqatlaniş va xizmat körsatiş obektlari uçun ekologik ekspertiza hamda kompensatsiya tölovlari bilan boğliq tartiblarni yengillaştiriş;
  • mehnat munosabatlarida iş beruvçi va xodim örtasidagi ayrim tartib-taomillarni aniqlaştiriş;
  • soliq imtiyozlarini qöllaşda yuzaga kelayotgan nizoli holatlarni bartaraf etiş;
  • soliq qarzdorligi böyiça hisoblanayotgan penya asosiy qarz summasidan oşib ketmasligi böyiça normani joriy etiş;
  • çek bermaslik holati yuzasidan xabar yuboriş tizimini suiiste’mol qiliş holatlarining oldini oliş;
  • QQS guvohnomasini töxtatiş tartibini takomillaştiriş.

Rasmiy xabarda yuqoridagi takliflarning detallari keltirilmagan. Davlat rahbari tadbirkorlar uçun qulay şaroitlarni kengaytiriş yuzasidan topşiriqlar bergani aytilgan.

Avvalroq Kun.uz bilan suhbatda soliq maslahatçilari Murod Muhammadjonov va Nodirbek Xöjabekov tadbirkorlarni qiynayotgan soliqqa oid qator muammolarni sanab ötgan edi. Ular, jumladan, köplab holatlarda QQS guvohnomasi asossiz töxtatib qöyilişi, hatto guvohnomani tiklaş böyiça sud qarori çiqqanidan keyin ham uning ijrosi çözilişini aytgan edi.