Özbekistonda 1 apreldan suv va salqin içimliklarni raqamli markirovkalaş tizimida majburiy agregatsiya kuçga kirgan va bu tadbirkorlarda köplab e’tirozlarga sabab bölib kelayotgan edi. 5 may kuni prezident huzuridagi yiğilişda bu yangi talabni amaliyotga majburiy joriy etişni keçiktiriş masalasi kötarildi.
Biznes-ombudsman Abdumannop Böriyev “Özbekiston 24” telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, prezident tomonidan tadbirkorlik muhitiga ta’sir qilayotgan muammolarni örganiş borasida topşiriq berilgan. Taqdimotda 15 ta masala kötarilgan. Ulardan biri – markirovkalangan suv va içimliklarni agregatsiyalaş.
“2026 yil 1 apreldan boşlab markirovka tizimi yölga qöyilgan. Bu, ayniqsa, suv işlab çiqaruvçi korxonalarga ta’sir ötkazyapti. Korxonalarni tahlil qilganimizda 90 foiz bozorni egallagan 10 ta yirik işlab çiqaruvçining 5 tasi uşbu jarayonga tayyor emasligi ma’lum böldi. Prezidentimizga buni aytganimizda, çöziş böyiça taklif berdilar. Bu jarayon 2 marta çözilgan. 2024 yil apreldan 2026 yilgaça. “Mayli, yana çözamiz, qaçonki tadbirkorlarimiz tayyor bölganda yölga qöyiladi”, dedilar”, – deydi Böriyev.
Uning qöşimça qilişiça, taqdimotda tadbirkorlarni qiynayotgan peşlavhalar, dizayn kod masalalari ham muhokama qilingan. “Tadbirkorlarning ovozini yetkazdik, hammasini prezidentimiz qöllab-quvvatladi”, – dedi biznes ombudsman.

Soliq qömitasining Soliq soliş metodologiyasi departamenti direktori Aziz Umrzoqov yiğilişda raqamli markirovkalaş borasida ikkita masala muhokama qilinganini ma’lum qildi.
“Tovarning işlab çiqaruvçidan ulgurji sotuvçi, undan keyin yakuniy iste’molçigaça bölgan harakatini kuzatiş imkonini beruvçi tizim yetarli darajada yuqori texnologik ekanidan kelib çiqib, qöyilgan maqsadlarga erişiş uçun bunday vositalarni samarali joriy etiş muddatini keçiktirişga qaror qilindi”, – dedi u.
Mas’ulning sözlariga köra, köplab tadbirkorlarni markirovka böyiça taşvişga solgan ikkinçi masala – ularga qöllanadigan








