Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TATU qoshidagi jamg‘arma mablag‘lari darsliklar, stipendiyalar va xorijda o‘qish uchun sarflanadi
Vazirlar Mahkamasining 5.06.2017 yildagi 350-son Qarori bilan Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Ilmiy-innovatsion rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Norma.uz yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur jamg‘arma Prezidentning 15.03.2017 yildagi PQ–2834-son «Toshkent axborot texnologiyalari utsniversiteti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qarori bilan tasdiqlangan.
Jamg‘arma mablag‘laridan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida ekspertizadan o‘tgan axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha aniq loyihalarni Universitet Vasiylik kengashi tomonidan belgilangan maqsadlar uchun moliya yili doirasida tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetasi doirasida moliyalashtirish uchun foydalaniladi.
Jamg‘arma mablag‘larining hisob va hisoboti Universitetining byudjyetdan tashqari mablag‘laridan bo‘lak holda alohida yuritiladi. Jamg‘arma daromadlari va xarajatlari smetasining ijrosi to‘g‘risidagi yillik hisobot Universitet Vasiylik kengashi yig‘ilishida ko‘rib chiqiladi hamda har yili 15 martgacha tasdiqlanadi.
Jamg‘arma mablag‘laridan asosli va maqsadli foydalanilishi ustidan Moliya vazirligi nazorat qiladi.
Mavzuga oid
10:41 / 12.01.2026
Hukumat qarori: buyurtmachi talabani moliyalashtirib, keyin ishga qabul qiladi
21:46 / 31.12.2025
Ijtimoiy soha muassasalarini qurish va ta’mirlash jamg‘armasi tashkil etiladi
08:36 / 27.12.2025
Hukumat zaxira jamg‘armasi va maqsadli jamg‘armalar transfertlari qayta belgilanadi
09:21 / 23.12.2025